Şohida Yusupova – Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, Harvard universitetining “Leadership: Creating Public Value” kursini tamomlagan. Oksford universiteti va Buyuk Britaniya Lordlar palatasi tomonidan taşkil etilgan xalqaro tanlovlarda ğoliblikni qölga kiritgan. Ayni paytda Italiyadagi Siyena universitetida “Xalqaro madaniy diplomatiya” yönalişida magistraturada tahsil olmoqda. U 4 tilda erkin sözlaşa oladi, sayyohlik firmasi asosçisi, 30 dan ortiq xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi va u yerda özbek yoşlari manfaatlarini faol ilgari surib, xalqaro loyihalari bilan dunyoning köplab mamlakatlarida şuhrat qozongan özbek qizi.

Hayotimni özgartirgan savol

“Hayotimning özgarib ketişida bir savol jiddiy sabab böldi. 2019 yilda talabalar bilan Turkiyaga xalqaro konferensiyada iştirok etiş uçun borgan edik. Taqdimot tugagaç, şahar aylaniş uçun çiqib, bir dökonga kirdik. Sotuvçi bizning qayerdan kelganimizni söradi – faxrlanib “Özbekistondan” dedim.

Lekin sotuvçining e’tiborsizlik bilan, oçiğini aytganda, hurmatsizlik bilan “ha, işlagani kelganmisizlar?” degan savolini qalbimni ming bölakka parçalab yubordi. Bunday qaraş mening yuragimga juda oğir botgan edi. Çunki özbek ayollariga u yerda sayohatçi yoki bilimli talaba sifatida emas, balki qora işçi sifatida qaraşar ekan. Öşanda öylab qolgan edim, millatimizda iste’dodli va ilmli ayollar köp. Lekin nega çetda ularga oddiy işçi sifatida qaraş urf bölgan ekan. Bu menga sira yoqmagan edi.

Öşanda özbek ayollari ham 3–4 ta tilni biladigan, jahon minbarlarida öz fikrini dadil va erkin ayta oladigan işbilarmon, zukko şaxslar ekanini butun dunyo bilişini xohlagandim.

2021 yil Turkiyada huddi şu konferensiyada 50 ta adabiyot sohasida faoliyat olib borayotgan nihoyatda iste’dodli ayollarning ijod namunalarini saralab-jamlab, xalqaro antologiya tuzdik. U yerda ularning nafaqat ijod namunalari, balki öz faoliyatlari va yutuqlari haqida ham qiziqarli ma’lumotlar bor edi. Va öşa kitobning taqdimotini milliyligimizga mos bir tarzda ötkazdik. Zamonaviy turk jamoatçiligi tomonidan juda yaxşi qabul qilindi.

Oçiğini aytaman, juda köp iqtidorli ayollarimiz oddiy uy bekasi qiyofasiga yaşirinib olişgan. Men ularni butun dunyo bilişini, tan olişini va e’tirof etişini istaydim”.