Iqlim özgarişi, suv tanqisligi va energiya xarajatlarining oşib borişi şaroitida fermerlik faoliyati yildan yilga murakkablaşmoqda. Endilikda yerdan unum oliş uçun faqat mehnat emas, balki zamonaviy texnologiya ham kerak. Xorazmlik fermerlar bu borada qanday tajriba töplaşdi? Ular tomçilatib suğoriş va quyoş energiyasi orqali qanday natijaga erişmoqda?

Global iqlim özgarişi, yerlarning notekisligi, suv resurslarining kamayişi va aholi sonining ortib borişi fermerlikda yangi muammolarni yuzaga keltirmoqda. Endilikda yer, suv va quyoş nuri bilan öz-özidan yuqori hosil oliş tobora muşkul bölmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan talab oşib borayotgan bir paytda, hosildorlikni köpaytiriş, xarajatlarni kamaytiriş va vaqtni tejaş uçun qişloq xöjaligida zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalaniş dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Şunday vaziyatda xorazmlik fermerlar tomçilatib suğoriş va yaşil energiya manbalari orqali hosildorlikni oşirişga qanday erişişmoqda?

“2008 yil 27 gektar böldi yerimiz, 2014 yildan kengayib 100 gektar böldi. Hozir 36 nafar işçimiz bor, yangi zamonaviy texnikalarimiz bor. Qişloq xöjaligida asosan texnika bölsa iş ketaveradi. 2022 yilda 22 gektar paxta dalamizni tomçilab suğorişga mosladik. Şu yili 50 sentner hosil oldik, ilgari 40 sentnerning özi orzu edi. Olgan daromadimiz bir yilda qilgan xarajatimizni qoplab ketdi. Uni beş yilgaça işlatiş mumkin. 2023 yilda buğdoy dalasini ham tomçilatib suğorişga ötdik – buyam katta samara berdi. Avval 50–55 sentnerdan olgan dalamizdan 70 sentnerdan hosil oldik buğdoydan. Bu yil 10 gektar dalamizni ham tomçilatib suğoriş, ham plenka ostiga ekdik. Şu dalamizdan 70 sentnerdan hosil kutib turibmiz. Agrobank taşkil qilgan “Suvçilar maktabi”da işçilarimizniyam öqitdik. Zamonaviy texnikalarni işlatişni, tomçilatib suğoriş uskunalarini işlatişni örganişdi”, – deb ta’kidladi fermer Töravoy Jumonov.

Bugungi kunda zamonaviy fermer faqat yerga emas, texnologiyaga ham tayanib işlaydi. Dalani suğorişdan tortib, hosilni yiğiştirib olişgaça bölgan jarayonlarda energiya tejamkor uskunalar, avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimlari keng joriy qilinmoqda. Bu nafaqat suvni, yerga beriladigan mineral öğitlarni ham tejaydi.

“Tomçilatiş texnikalarini örnatmasdan oldin, kultivatorlarda paxta dalasida bir gektariga 1 tonna – 1 tonna 300 kg mineral öğit ketardi. Majbur edik şuni berişga. Tomçilatib suğoriş tizimida esa töğridan töğri tizimning içiga solib jönatiladi – 5 kg mineral öğit ketadi. Bu bilan suvdan ham, öğitdan ham iqtisod qilyapmiz. Texnika xarajatlariyam tejaladi”.

Ayniqsa, quyoş panellari orqali energiyani mustaqil işlab çiqariş fermer xöjaliklarining barqaror işlaşida muhim örin egallamoqda. Endilikda fermerlar quyoş nurlaridan nafaqat hosil yetiştirişda, balki elektr işlab çiqarişda ham foydalanmoqda. Şunday fermerlardan biri Kamoliddin Yusupov ayni paytda quyoş panellari orqali öz ehtiyojlarini ta’minlaş bilan birga foyda ham körmoqda.

“Ötgan 2024 yilning boşlarida fermer xöjaligimizda elektr energiyasidan qiyinçiliklar böldi. Narxlar oşdi, tölaşga qiynaldik. Şundan keyin xöjalikka fotoelektr stansiyalari qurişga qaror qildik. Bizning 120 gektar yerimizda 9 ta nasos bor, elektr narxi oşmagan vaqtda bunga 120–130 mln söm tölardik. Fevralda qurişni boşladik, mart oyida işga tuşirdik. Avvaliga özim ham qörqdim, lekin mehnatlarimiz özini mevasini berdi. 2024 yilda elektr tarmoqlaridan tok olmadik hisob. Quyoş panellaridan olingan elektr energiyasi orqali dalalarimizni suğordik. Ortiqça tokni davlatga şartnoma asosida sotib, özimizga daromad ham böldi. 2024 yilning mart oyidan boşlab to dekabr oyigaça bizning hisobimizga taxminan 60–70 mln pul tuşdi bundan”, – deydi u.

Davlat siyosatida ham qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yirik quyoş va şamol elektr stansiyalari barpo etilmoqda, fermer xöjaliklarida quyoş panellari örnatilişi uçun qulay şart-şaroit va rağbatlantiruvçi mexanizmlar joriy qilinmoqda. Maqsad — energiya taqçilligini kamaytiriş, xarajatlarni qisqartiriş va işlab çiqarişni barqarorlaştiriş.

Reklama huquqi asosida