Dunyo tahdidlarga tölganini köryapmiz va faqat kuçli jamiyatlar bu çaqiriqlarga javob bera olişini tuşunyapmiz. Kuçli jamiyat esa aksari örta sinfdan iborat bölgan jamiyat. Ya’ni öziga töq va şu asnoda – ongli jamiyat. Bunday jamiyat şunday bir moddaki, u faqat adolat muhitida, qonunlar işlaydigan, tartiblar hamma uçun barobar bölgan muhitda yuzaga keladi.

Bizga investorlar kelişini istayapmiz. Çunki aynan investitsiyalar oxir-oqibat öşa töq, ongli qatlamni yuzaga keltiradi. Ammo köp holatlarda hatto özimizning içki investorimizni avaylamayapmiz. Masalan, qişloq xöjaligimizga investitsiya kiritişni istaydiganlar topilyapti. Joylarda fermerlar öz pulini tikib, kooperativlarga birlaşişyapti, paxta yetiştirişyapti. Biroq ular yetiştirgan hosilga köz olaytiriş holatlari kuzatilmoqda.

Jumladan, yaqinda Surxondaryo viloyatining Jarqörğon tumanida böldik. Hududda fermerlar birlaşib, kooperativ tuzgan. Ammo paxtasi oçilgaç, unga ega çiqqan.

Farğona viloyatining Uçköprik tumanida esa vaziyat yanada jiddiyroq: kooperativning paxtasini bosqinçilik yöli bilan olib ketişyapti. Fermerlar kooperativ bilan şartnoma tuzib qöyganiga qaramay, tegişli idoralar kelib, klaster bilan şartnoma tuzişni öz uslublarida “iltimos” qilişgan.

Umuman olganda, keyingi paytlarda bu kabi holatlar respublikaning boşqa hududlarida ham közga taşlanyapti – fermerlar klasterlarga “yem bölmoqda”. Afsuski, bunday hollarda “qonun odamlari” bölgan prokurorlar negadir jim turiş yoki ikkinçi tomonni “qöllab yuboriş” yölini tanlayapti.

Kun.uz ayni şu masalada bir neçta mutaxassislar fikrlarini taqdim etmoqda.

Huquqşunos Abduvohid Yakubovga köra, kooperativning paxta hosilini zöravonlik bilan olib ketiş jinoyatdir:

— “Fermer xöjaliklari töğrisida”gi qonunning 25-moddasiga asosan, fermer xöjaliklari ixtiyoriy ravişda birlaşişlari mumkin. Demak, Uçköprik va Jarqörğonda fermerlar şu asos hamda “Kooperatsiya töğrisida”gi qonundan kelib çiqqan holda özlarining uyuşmalarini tuzişgan. Bu kooperativ fermer xöjaliklari bilan paxta xomaşyosini sotib olişga şartnoma qilgan va uni sotib olişni boşlagan.

Avvalo, fermerlarning kooperativlarga birlaşayotgani – ular öz huquqlarini tanib borayotganining isbotidir: klasterning oğir şartlarini rad etib, u bilan şartnoma tuzişmadi va öz çöntaklaridan pul sarflab, paxta yetiştirişdi. Fermerda öz huquqi, haqi va dalasi uçun kuraşiş istagi paydo böldi. Bu katta gap. Ammo hokimlik, IIB hamda prokuraturadan vakillar kelib, fermerlar kooperativga sotgan paxta hosilini zöravonlik bilan olib ketişdi, deyişmoqda.