Mana qarang, hozirgaça qişloq xöjaligini davlat moliyalaştirib keldi: avval fermerlar, keyin klasterlar ham deyarli davlat beradigan imtiyozli kreditlar evaziga faoliyat yuritib kelişyapti. Bu degani tomorqaçilardan taşqari hamma yerda işlaydigan xöjaliklar öz pulini yerga deyarli tikmay keldi. Birovning puli – baribir birovning puli, istaysizmi-yöqmi – jigardan bölmagan. Şuning uçun ham bu ketişda rivojlaniş bölmaydi va biz – jurnalistlarga kelayotgan ma’lumotlar bunga yaqqol dalil.

Yeçimlardan biri – aynan qişloq xöjaligi kooperativlari – fermer va dehqonlarning öz taşabbuslari bilan (“tepadan tuşgan” buyruqqa binoan emas) tuzilgan birlaşmalari. Bu yerda:

Birinçidan, dehqonlar xossatan manfaatlarini közlab birlaşişadi, şu sabab ularning ustidan nazorat örnatiş kerak bölmaydi.

Ikkinçidan, dehqon va fermerlar özi pullarini tikişadi, öşa – biz tilga olgan “birovning [qadri yöq] puli”ni emas. Bu esa umuman boşqaça manzara!

Xullas, kooperativlar sohasi rivojlansa, qişloq xöjaligi sohasi rivojlanadi.

Endi bir savol, kooperativlar yuzaga kelişiga tösqinlik qilayotganlarni nima deb atasak böladi? Ularni nima deb ataşni siz azizlarga qoldiraman-da, bizga kelib tuşayotgan murojaatlarga ötaman.

Surxondaryo viloyati, Jarqörğon tumani. Bu yerda hozirça atigi bitta kooperativ tuzilgan – 16 fermer birlaşib, kooperativ tuzgan, paxta yetiştirgan. Mana endi paxta pişdi degunça, paxtaga ega çiqdi. Kooperativ özi yetiştirgan paxta özi istagan joyga yiğişiga imkon berilmayapti.

Boşqa bir murojaat Farğona viloyati, Uçköprik tumanidan. 19 nafar fermer kooperativ tuzgan. Bu yerda ham öşa holat – kooperativ özi yetiştirgan paxtasini özi istagan joyda saqlaşiga tösqinlik qilinyapti. Va yiğib qöyilgan paxta ğaramini (buntini) klaster omboriga majburan olib ketiş bilan tahdid qilinmoqda.

Hali aytganimizdek, kooperativlar – Özbekiston qişloq xöjaligining ertangi kuni. Masalan, hozirdanoq ma’lum böldiki, kooperativlar yetiştirilayotgan paxtaning tannarxini tuşirişga harakat qilişyapti va paxta yetiştirişga kamroq mablağ sarflanyapti. Har bir tuzilayotgan kooperativni hozirda mamlakat yutuği deb qabul qiliş kerak.

Kun.uz'ga Jarqörğon va Uçköprik tumanlarida taşkil qilingan qişloq xöjaligi kooperativlaridan murojaatlar kelib tuşdi. Örganişimiz ikki holatda ham manzara deyarli bir xil ekanini körsatdi – muammolar paxta yetilib, teriş davri kelganda yuzaga kela boşlagan: kooperativlar öz paxtasini özi lozim topgan joyda saqlaşiga tösqinlik qilingan, ma’lum klasterning joyiga yiğişga majburlanyapti.