O‘zbekiston | 18:06 / 26.09.2022
7644
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.

Foto: AP

China Southern Airlines aviakompaniyasi Urumchi va Toshkentni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, birinchi yo‘lovchi reysi 14 oktyabrga belgilangan. Muntazam reyslar Boeing 737 va Boeing 787 samolyotlarida haftasiga bir marta - juma kunlari amalga oshiriladi.

China Southern Airlines — Xitoyning Guandon provinsiyasi, Guanchjou shahrida joylashgan aviakompaniya. U samolyotlar parkining hajmi bo‘yicha Osiyodagi eng yirik aviakompaniya, shuningdek, Osiyodagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid