O‘zbekiston | 11:11 / 28.09.2022
7817
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bo‘yicha respublikada 1-o‘rinda ekani ma’lum qilindi

Senat ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida investitsiya loyihalari amalga oshirilishi holatini o‘rgandi.

Senat ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Senat ishchi guruhi hisobotiga ko‘ra, o‘zlashtirilayotgan xorijiy investitsiyalar miqdori bo‘yicha respublikada 2-o‘rinni egallab kelayotgan Farg‘ona viloyati yiliga o‘rtacha 50 foizlik o‘sish sur’atlarini namoyish etib kelmoqda.

Viloyatda bugungi kunda jami ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 568 tani tashkil etadi. Dunyoning eng nufuzli S&P Global Rating (AQSh) xalqaro reyting agentligi xulosasiga asosan, viloyat mustahkam moliyaviy indikatorlari va yuqori iqtisodiy salohiyati uchun B+, ya’ni «barqaror» darajasidagi kredit reytingi berilgan. Viloyatda jami 91 ta kichik va yoshlar sanoat zonalari tashkil etilgan.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bo‘yicha viloyat respublikada 1-o‘rinda, sanoat tovarlari eksportida top 3 talikka kirgan. 

Hududiy investitsiya loyihalarini shakllantirish hamda amalga oshirish, import mahsulotlarini mahalliylashtirish, xizmatlar sohasini rivojlantirish, xotin-qizlar tadbirkorligiga ko‘maklashish, yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari to‘g‘risida ham ma’lumot berildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid