O‘zbekiston | 13:21 / 28.09.2022
6826
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida qalbaki pullar muomalaga kiritilishi oldi olindi

Bo‘stonliq tumanida qalbaki pullarning muomalaga kiritilishi oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqarolar M. A. va Yu.M. foydalanuvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtotransport vositasi saloni ko‘zdan kechirilganda, 52 dona 100 ming so‘mlik, 19 dona 50 ming so‘mlik va 11 dona 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid