«Toshvilerloyiha» muhandisi yer maydoni savdosi jinoyati bo‘yicha ushlandi
Yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXX Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro T.X. fuqaro J.ga Sharof Rashidov tumani hududidagi yaqin qarindoshlariga tomorqa uchun ajratilgan 40 sotix yer maydonini hamda ushbu hududga tutash zaxiradagi 60 sotix yer maydonini rasmiylashtirib olib berish evaziga 110 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti “Toshvilerloyiha” bo‘linmasi muhandisi Sh.Sh. fuqaro I.U. bilan oldindan o‘zaro til biriktirib, fuqaro U.ga Zangiota tumanida 8 sotix yer maydonini 22 000 AQSh dollarga sotishga kelishib, tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga oldindan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, Olot tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O‘.H. fuqaro N.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Kogon tumani hududidan zaxiradagi 8 sotix yer maydonini rasmiylashtirib olib berish evaziga 9 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksi 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:21 / 26.09.2024
Toshkentda davlat zaxirasida bo‘lgan 7 sotix yerni 175 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
08:50 / 17.09.2024
O‘rmon xo‘jaligi ijaradagi yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
08:31 / 28.08.2024
Rossiya Ukraina bilan urush qatnashchilariga Qrimdan yer beradi
19:58 / 23.08.2024