Siyosatşunosga köra, Putinning Ukrainaga tegişli va özini özi mustaqil deya e’lon qilgan Qrim, Xerson, Zaporijjya, Donetsk va Luhansk oblastlarini Rossiya tarkibiga qöşib olişdan közlagan qator maqsadlari bor.

“Bilasiz, Vladimir Putin va Rossiya Federatsiyasi özga davlat yerlarini birinçi bor annexia qilayotgani yöq. 2014 yilda ham Ukrainaga tegişli bölgan Qrim avtonom respublikasi avval referendum ötkaziş va keyin göyoki Qrim murojaati orqali Rossiyaga qöşib olingan edi.

Öşanda Rossiya jamiyatida “Qrim eyforiyasi”, ya’ni Qrim Rossiyaga qaytdi, degan fikr bölgandi. Bu esa Rossiyada Putin hokimiyatini mustahkamlaşga katta hissa qöşdi. Lekin bugun vaziyat özgaça. Bugun Ukrainaga tegişli viloyatlarning mustaqillik e’lon qilişi va Rossiya tarkibiga kirişi jahon hamjamiyati tomonidan juda yomon qabul qilindi, şuningdek, Rossiyaning içki ahvoli uçun ham bu heç qanday rol öynamay qöydi.

Bu yerda Putin közlagan yana bir qator nuqtalar bor. Unga köra, bu viloyatlar endilikda Rossiya tarkibida bölgani uçun Putin kuzgi çaqiriqda harbiy xizmatda böladigan yoşlarni öşa hududlarga xizmatga yuborişi mumkin.

Bu mobilizatsiyaga qöşimça ravişda yana 150 ming qöşimça kuç degani. Bundan taşqari, öşa hududlarning aholisi ham endilikda frontga jalb qilinişi mumkin. Bunga Rossiya nuqtayi nazaridan qonuniy asos bor.

Uçinçidan, hozir menga Rossiyaning yadro qurollarini joylaştiriş böyiça texnik işlari ma’lum emas, lekin u Qrimda joylaşgan taktik yadro qurollariga öxşaş qurollarini yangi hududlarda ham joylaştirişi va bu orqali Ukrainani qörqitişi mumkin.

Törtinçidan, Rossiya va Putin uçun hozir ahamiyatlisi bu viloyatlar Rossiya tarkibida bölar ekan, endi bu uruşni dunyo tanqid qilayotgani kabi bosqinçilik uruşi emas, vatan uçun uruşga aylantirmoqçi.

Beşinçidan, Rossiya tarkibiga qöşilgan yangi hududlarga tajovuz bölsa, bu Rossiya hududiga tajovuz sifatida baholanadi va Putin uçun yadroviy konsepsiyaga asosan “duşmanga” qarşi taktik yadro qurollaridan zarba beriş imkoniyati tuğilişi mumkin”, – dedi Xurşid Habib.

U şuningdek, Rossiyaning köp yillar davomida harbiy qudrati va qurollari kuçi böyiça gapirib kelingan tahdidlari bugun puçga aylangani hamda hozir heç kim Rossiyadan qörqmay qöygani haqida ham gapirdi.