Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida OITS tarqatilishi bilan bog‘liq ikkita jinoiy holat aniqlandi
Toshkent viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Foto: IIBB
Viloyat IIBB ma’lum qilishicha, axloq va sog‘liqqa qarshi yo‘nalishdagi jinoyatlarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan tezkor tadbirlar davomida OITS tarqatilishi bilan bog‘liq ikkita jinoiy holat fosh etildi.
Ushlangan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi natijasida boshqa fuqarolarga infeksiya yuqishining oldi olindi.
Xususan, Ohangaron shahrida o‘tkazilgan tadbirda 1998 yilda tug‘ilgan ayol (Z.R.) 2020 yilda OITS markazida ro‘yxatga olinib, rasman ogohlantirilganiga qaramay, 2004 yilda tug‘ilgan erkak bilan jinsiy aloqada bo‘lgani aniqlangan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, tadbirlar davomida qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bog‘liq 6 ta jinoiy holat fosh etildi.
Bundan tashqari, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida noqonuniy qurol saqlash bilan bog‘liq 3 ta jinoiy holat fosh etildi. Tadbirlar davomida 1 ta jangovar, 7 ta pnevmatik qurol, 4 ta ov miltig‘i hamda 51 dona o‘q-dorilar daliliy ashyo sifatida olindi.
Mavzuga oid
19:49 / 07.02.2026
Toshkent viloyatida noqonuniy ravishda tuproq va qum-shag‘al qazigan shaxslarga chora ko‘rildi
16:31 / 03.02.2026
Toshkent viloyatida ayrim yo‘l uchastkalarida tezlik 80 km/soatgacha tushiriladi
08:36 / 30.01.2026
Toshkent viloyatida ekologiya bo‘limi boshlig‘i ushlandi
08:19 / 30.01.2026