Eron portidagi dahşatli portlaş, Kanadada fojiaga aylangan festival va Suvayş kanaliga «köz olaytirayotgan» Tramp - kun dayjesti
|18:05 / 28.04.20257 6719 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
HAMAS beş yillik sulhga tayyor
HAMAS Ğazodagi uruşni töxtatiş va garovga olingan barça isroilliklarni ozod qiliş şartlari asosida beş yillik sulh tuzişga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda guruh vakili Qohirada vositaçilar bilan muzokaralar arafasida ma’lum qildi.
Isroil hozirça HAMASning sönggi takliflariga izoh bermadi. Muzokaralar Qatar va Misrning faol vositaçiligida ötmoqda. HAMAS qurollarni taşlaşni muhokama qilmasligini aytgan, bu esa Isroilning asosiy talablaridan biridir.
Isroil sönggi paytlarda 45 kunlik öt oçişni töxtatiş va 10 nafar garovdagi şaxsni qaytariş taklifini bergan edi, lekin HAMAS bu taklifni rad etib, keng qamrovli kelişuv taklif qilmoqda. Sulh tuzişda Isroil qöşinlarining Ğazodan çiqişi va insonparvarlik yordamini oşiriş ham talab qilinmoqda.
Ğazoda uruşdan jabrlanganlar soni esa kundan kunga ortib bormoqda: martdan buyon kamida 2111 falastinlik halok bölgan, umumiy qurbonlar soni esa 51 ming 495 nafarga yetdi.
Tramp: «Ğazoga nisbatan rahmdil böliş kerak»
AQŞ prezidenti Donald Tramp Binyamin Netanyahu bilan suhbatida Ğazoga ozuqa va dori-darmon yetkazişga ruxsat berişni söraganini ma’lum qildi. U «Ğazo xalqining azob çekayotgani»ni ta’kidlab, ularga rahmdillik körsatiş lozimligini bildirdi.
Mart oyining boşlaridan buyon Ğazoga humanitar yordam kiritilmayapti. Isroil barça garovga olingan şaxslar ozod etilmagunça yordamni töxtatib turişini bildirdi. BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi esa 25 aprel kuni Ğazoda zaxiralari tugaganini e’lon qildi.
Tramp birinçi raqamli bort sahnida jurnalistlarga intervyu berar ekan, «Ğazoda dori-darmon va oziq-ovqatga şoşilinç ehtiyoj bor va bu masala hal etilmoqda», deya ma’lum qildi. Uning ta’kidiga köra, Netanyahu bu talabni «yaxşi qabul qilgan».
Eron portidagi portlaş: milliy motam e’lon qilindi
Eronning Körfaz sohilida joylaşgan Bandar Abbos şahridagi Şahid-Rajoiy portida sodir bölgan kuçli portlaş natijasida halok bölganlar soni 36 nafarga yetdi, 1200 dan ziyod kişi tan jarohati oldi. Eronda fojia munosabati bilan milliy motam e’lon qilindi.
Mavzuga oid
Portlaş şanba kuni konteyner terminali hududida sodir bölgan.
Rasmiy media vaziyat nazorat ostida ekanini ma’lum qilgan bölsa-da, guvohlar yangi portlaşlar va qalin tutunlar haqida xabar berdi. Hukumat aholini yaradorlar uçun qon topşirişga çaqirdi. Portda katta zarar kuzatilgan, ayrim binolar vayron bölgan, 25 km radiusdagi binolarning oynalari singan.
Hokimiyat yolğon axborot tarqatişni man etgan, biroq xavfsizlik çoralariga rioya etilmagani tan olingan. Portlaş sabablari aniqlanişi uçun tergov boşlangan. Aybdorlarni topiş va jazolaş va’da qilingan.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Şahid-Rajoiy porti hududida röy bergan portlaş oqibatida köplab insonlar halok bölgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar körilgani munosabati bilan Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyonga ta’ziya maktubi yölladi.
Kaşmirda otişmalar boşlanib ketdi
Kaşmirda Hindiston va Pokiston qöşinlari örtasida özaro otişmalar boşlanib ketdi. Hindiston axborot agentliklari ma’lum qilişiça, pokistonlik harbiylar yakşanba kuni nazorat çiziği böylab ogohlantirmasdan öqotar qurollarni işga tuşirişgan, hind kuçlari javob qaytargan.
Hozirça jarohatlanganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmadi. Pokiston tomoni ham bu töğrida izoh bermagan.
Töqnaşuvlar ikki davlat nazoratidagi Kaşmir hududi çegarasida, ya’ni faktik nazorat çiziği böylab röy bergan. Avvallari bu hududda qurolli töqnaşuvlar tez-tez sodir bölgan bölsa-da, sönggi yillarda vaziyat ança barqarorlaşgan edi.
Yaqinda sodir bölgan teraktda qurbon bölgan 26 kişi orasida asosan turistlar bölgan. Hindiston mazkur hujumning uyuştirilişida Pokistonni ayblamoqda, rasmiy Islomobod esa buni rad etib, xalqaro tergov ötkazişga tayyor ekanini bildirgan.
Bu orada Hindiston Pokiston bilan keskinlik fonida öz raketalarini sinovdan ham ötkazdi. Mamlakat Harbiy-dengiz kuçlari kemalarga qarşi raketalarni uçirib, «uzoq masofaga möljallangan yuqori aniqlikdagi hujum zarbalarini amalga oşirişga» tayyor ekanini namoyiş etdi.
Ikkitomonlama ayblovlar yangrayotgan bir paytda ikki yadroviy davlat örtasida mojaro avj olişi xavfi borligi haqida jiddiy xavotirlar paydo bölmoqda. Hozirça diplomatik faoliyat orqali vaziyatni barqarorlaştiriş urinişlari davom etmoqda.
Kurskda hamon ukrain harbiylari qolmoqda
Rossiya prezidenti Vladimir Putin armiya Kursk oblastidan Ukraina kuçlarini töliq siqib çiqarganini e’lon qilgan bölsa-da, Z-blogerlar va dengiz piyodalari bu hududda ukrain harbiylari hamon qolayotganini xabar qildi.
Z-blogerlar Otruba xutori va Oleşnya qişloği hududida ukrain kuçlari faolligini qayd etdi. Rybar kanali ham çegara böylab ba’zi murakkab uçastkalarda Ukraina nazorati saqlanayotganini ma’lum qildi.
DeepState loyihasi ma’lumotlariga köra, Ukraina qöşinlari Kursk oblastida taxminan 29 km² maydonni nazorat qilmoqda. 810-dengiz piyodalari brigadasi komandiri ham Putin bilan muloqotda hududda ukrain kuçlarining hanuz qolganini bilvosita tasdiqladi.
Rossiya armiyasi Gornal qişloğini töliq nazorat qilişini ta’kidladi va yaqin vaqtda barça duşman guruhlari yakson etilişi bildirildi.
Trampga endi Suvayş kanali kerak
AQŞ prezidenti Donald Tramp Suvayş va Panama kanallaridan amerikalik harbiy va savdo kemalarining bepul ötiş huquqi bölişi kerakligini talab qildi. Bu haqda u özining Truth ijtimoiy tarmoğidagi postida ma’lum qildi.
Trampning ta’kidlaşiça, mazkur kanallar AQŞ iştiroki bilan barpo etilgan va şuning uçun Amerika ulardan tekin foydalaniş huquqiga ega bölişi kerak. U davlat kotibi Marko Rubioga bu masalalarni zudlik bilan hal qilişni topşirganini bildirdi.
Suvayş kanali Misrga tegişli bölib, Yevropa va Osiyoni boğlaydi hamda jahon dengiz savdosining taxminan 10 foizida iştirok etuvçi kemalar undan suzib ötadi. Uning faoliyati oxirgi paytlarda husiyçilar hujumlari sabab xavf ostida qolmoqda.
Kanadada festival fojiaga aylandi
Kanadaning Vankuver şahrida filippinliklar bayramida avtomobil odamlar tödasiga bostirib kirdi. 26 aprel kuni keçqurun Lapu-Lapu kuni munosabati bilan ötkazilayotgan festivalda sodir bölgan hodisa oqibatida bir neça kişi halok böldi va jarohat oldi.
Kanadaning Global News naşri öz manbasiga asoslanib, kamida 8 kişi, jumladan bir gödak halok bölgani, 6 kişi jarohatlanganini xabar qilgan.
Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 20:00 atrofida röy bergan. Politsiya haydovçini qölga oldi va tergovni boşladi. Jabrlanganlar soni haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Kanada boş vaziri Mark Karni va Vankuver şahar meri Ken Sim jabrlanganlarga ta’ziya bildirişdi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda öz qayğularini izhor etdi.
Lapu-Lapu kuni Filippinda har yili 27 aprel kuni nişonlanadi. Bu kun 1521 yilda Maktan orolida ispan mustamlakaçilarini mağlub etgan mahalliy yetakçi Lapu-Lapu şarafiga bağişlangan.
Qozoğistonda 9 may yurişlari taqiqlandi
Qozoğiston şaharlari hokimiyatlari 9 may kuni Rossiyadagi «Ölmas polk» aksiyasiga öxşaş köça yurişlari ötkazilişini rad etdi. Pavlodar, Petropavl va boşqa rusiyzabonlar keng tarqalgan şaharlarda faqat internetda aksiya ötkaziş va frontda iştirok etib, vafot etganlarning suratlarini elektron ekranlarda namoyiş qiliş taklif qilindi.
«Nastoyaşeye vremya» naşrining yozişiça, ruxsatsiz tadbirlar uşlab ketiş va jarimalar bilan tugaşi mumkin. Olmaotada faollar prezident Qosim-Jömart Töqayevga videomurojaat yöllab, rasmiy ruxsat bölmasa ham aksiya ötkazilişini ta’kidlaşgan.
Ostona şahar hokimi Jyengis Qasimbekning ma’lum qilişiça, 7 may kuni poytaxtda harbiy parad va aviaşou bölib ötadi. Ammo yurişlar taşkil etilmaydi.
Qozoğistonda «Ölmas polk» yurişlari 2019 yildan beri ötkazilmayapti. 2022 yildan boşlangan Rossiya-Ukraina uruşi sabab, mamlakatda bunday aksiyalarga munosabat ehtiyotkorlik bilan özgargan.