Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab ob-havoni sovuq antitsiklon periferiyasi belgilaydi
Foto: KUN.UZ
Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat markaziy va sharqiy hududlarda front kirib kelishida biroz beqarorlik kuzatiladi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunduzi 24-26 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
4 oktyabrdan 7 oktyabrgacha bo‘lgan keyingi kunlarda ob-havoni antitsiklonning janubi-g‘arbiy periferiyasi belgilaydi.
5 oktyabrda antitsiklon periferiyasining kuchayishi hisobiga janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati kechalari 8-13 daraja iliq, kunduzi 4-6 oktyabrda 21-26 daraja issiq, 7 oktyabrda 23-28 daraja issiq atrofida bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:29 / 20.02.2026
Hafta oxirida harorat biroz pasayadi
10:29 / 19.02.2026
Kutilayotgan yomg‘irlar: tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin
10:35 / 16.02.2026
Hafta davomida harorat +25 darajagacha isishi kutilmoqda
10:32 / 16.02.2026