Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Yaponiya Orol dengizi qurigan tubida tadqiqotlar uchun ilmiy stansiya yaratadi
O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Tokioda Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi katta vitse-prezidenti Keichiro Nakazava bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Ibrohim Abdurahmonov Yaponiya bilan hamkorlik darajasini yuqori baholab, hozirgi kunda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi. O‘zbek-yapon yoshlar innovatsion markazi faoliyatini takomillashtirish borasida hamkorlikda amalga oshirilgan moliyaviy va infratuzilmaviy o‘zgarishlar, Orolbo‘yi hududida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha O‘zbekiston va Yaponiya olimlari hamkorligida bajarilayotgan qo‘shma tadqiqotlar qayd etildi.
Tomonlar Orol dengizi qurigan tubi hududida tadqiqotlar olib borish uchun ilmiy stansiya yaratish, Orolbo‘yi hududini iqtisodiy rivojlantirish, yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida Yaponiya kichik innovatsion texnologiyalarini jalb qilishda hamkorlik olib borishni muhokama qildi.
Startaplarni qo‘llab quvvatlash va yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun qo‘shma akselerator dasturini tashkil etish bo‘yicha fikrlar almashildi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026