Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligiga oid katta hujjatlar to‘plami imzolanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi arafasida qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Vengriya qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shandor Farkash hamda Qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti rektori Chaba Dyurich bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston prezidentining Vengriyaga tashrifi doirasida imzolash uchun salmoqli hujjatlar to‘plami tayyorlandi. Ularda bog‘dorchilik, issiqxona xo‘jaligi, kartoshkachilik, uzumchilik, baliqchilik, shuningdek, sug‘urta, agrar fan va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma rejalar o‘z ifodasini topgan.
Muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston-Vengriya markaziga kelgusi yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan molekulyar diagnostika laboratoriyasidan samarali foydalanish bo‘yicha o‘quv dasturini tashkil etishda ko‘maklashishga kelishib oldi.
Loyihani samarali amalga oshirish uchun Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universitetini bosh maslahatchi etib tayinlash taklif qilindi.
Mavzuga oid
19:05 / 28.06.2026
“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?
11:30 / 25.06.2026
Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda
17:20 / 23.06.2026
Fermerlarni haqoratlagan Muzrabot hokimi hayfsan oldi
11:46 / 19.06.2026