Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyati meva va sabzavotlar eksportida yetakchi bo‘lib turibdi
Qaysi hudud meva va sabzavotlar eksportida yetakchi ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Foto: Kun.uz
2022 yilning yanvar-avgust oylarida xorijga meva va sabzavotlar eksport qilgan hududlar orasida Farg‘ona viloyati 197,1 ming tonna mahsulot bilan yetakchilik qilyapti.
Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan mos ravishda 154 ming tonna va 127 ming tonna mahsulot eksport qilgan Toshkent viloyati hamda Samarqand viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Xorazm viloyati – 103 ming tonna;
- Surxondaryo viloyati – 99 ming tonna;
- Andijon viloyati – 78,6 ming tonna;
- Toshkent shahri – 67,5 ming tonna;
- Namangan viloyati – 67 ming tonna;
- Jizzax viloyati – 66 ming tonna;
- Buxoro viloyati – 52 ming tonna;
- Sirdaryo viloyati – 35 ming tonna;
- Qashqadaryo viloyati – 29 ming tonna;
- Qoraqalpog‘iston R. – 19 ming tonna;
- Navoiy viloyati – 8,7 tonna.
Mavzuga oid
22:05 / 27.04.2026
Prezident Marg‘ilondagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” turizm majmuasi bilan tanishdi
18:37 / 27.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi
16:59 / 24.04.2026
13 ta tuman hokimiga intizomiy chora ko‘riladi
13:42 / 23.04.2026