Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Uztelecom Starlink'dan ko‘ra 4-5 barobar tez internetni istalgan xonadonga olib borishi mumkin» - Sherzod Shermatov
Ilon Maskning Starlink internetidan 4-5 barobar tez va arzon bo‘lgan internetni Uztelecom hozir istalgan xonadonga olib borib bera oladi. AKT vaziri Sherzod Shermatov Starlink O‘zbekistonga qachon keladi, degan savollarga shunday javob berdi.

Foto: uznews.uz
Xalqaro press-klubning 5 oktyabr kungi sonida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonda IT sohasi vakillari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirdi.
«AKT vazirligi tizimida ta’limga doir alohida bo‘linmalar tuzildi. Prezidentimiz kuchli kadrlardan iborat jamoa tuzish bo‘yicha vazifa qo‘ydi. Chunki agar kompleks yondashilsa, normativ-huquqiy baza bo‘yicha IT-kompaniyalar soliqlardan ozod bo‘ladi. Ular hozir eng zo‘r sharoitda, ishchilari ham kamroq soliq to‘laydi. Infrastrukturani ham amallab qilyapmiz. Oldingisi bilan hozirgisi orasida ancha farq bor.
Masalan, Samarqanddagi ShHT sammiti o‘tganida jurnalistlarning o‘zi ham e’tibor berdi. Oldin bunaqa tadbir o‘tganida umumiy 20 yoki 50 megabit internet bersak, biz uchun katta ish bo‘lardi. Sammitda press-klubdagi bitta kompyuterga 1 gigabit internet berildi. Ya’ni umumiy tadbirga 50 emas, bir kompyuterga 1 gigabit! Infrastrukturaga shuncha yil qilingan harakat endi natijalarini beradi.
Hazillashib ham aytib qo‘yishimiz mumkin. Ko‘pchilik «Ilon Maskning Starlink’ interneti qachon bizga keladi?» deb so‘raydi. Undan 4-5 barobar tez va arzon bo‘lgan internetni Uztelecom hozir istalgan xonadonga olib borib berishi mumkin. Starlink'ka oyiga 100-500 dollar to‘lash kerak, bizga unaqa pul to‘lash shartmas, arzonroq to‘lasa, uyiga bemalol olib borib beriladi. Shunaqa imkoniyatimiz bor», – deya AKT vaziri Sherzod Shermatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
XPKning ushbu sessiyasida qatnashgan INHA universiteti rektori Muzaffar Jalolov keyinroq Starlink va Uztelecom kompaniyasi oylik internet paketlarining tezligi va narxlari solishtirilgan jadvalni e’lon qildi.
Muzaffar Jalolovga ko‘ra, Starlink'da WiFi qurilma narxi 600 dollar, Uztelecom'da esa bepul. Starlink 250 Mbit/s tezlikdan taklif qilayotgan internet paket narxi 110 dollar bo‘lsa, 1000 Mbit/s tezlikdan taklif qilayotgan Uztelecom internet paketi narxi oyiga 999 ming so‘m.
Ma’lumot uchun, AQShlik milliarder Ilon Mask asos solgan Starlink loyihasi orbitaga 12 mingdan 30 mingtagacha sun’iy yo‘ldosh olib chiqib, Yerni 3 qator bo‘lib o‘rab olishni maqsad qilgan. Shuningdek, u butun dunyoga mobil bo‘lmagan, sifatli internet yetkazib berishni reja qilgan.
Starlink taklif qilayotgan internet paketlarga ulanish uchun dastlab sun’iy yo‘ldoshdan kelayotgan signallarni tutib, kompyuter va gadjetlarga moslashtirish uchun alohida qurilma sotib olish kerak bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»
Jahon | 00:57
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25 / 20.07.2025
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47 / 20.07.2025
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Mavzuga oid

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

16:54 / 12.06.2025
Qozog‘iston aholisi Starlink internetiga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldi

21:04 / 08.06.2025
United Airlines aviakompaniyasi o‘z samolyotlaridan Starlink’ni o‘chirib qo‘yishni boshladi

15:03 / 10.04.2025