Financial Times naşrining vaziyatdan xabardor tört manbasiga köra, SpaceX prezidenti va boş operatsion direktori Gvinn Şotvell investorlar bilan uçraşuvda kompaniya özining çakana mobil aloqa xizmati — Starlink Mobileʼni işga tuşiriş hamda AQŞda xususiy yerusti mobil tarmoğini quriş imkoniyatini örganayotganini ma’lum qilgan.
Mazkur reja amalga oşsa, SpaceX mobil aloqa xizmatlarini foydalanuvçilarga bevosita taklif etadigan töliq çakana biznesni yölga qöyadi. Bu esa kompaniyani AQŞning eng yirik mobil operatorlari — Verizon Wireless, AT&T va T-Mobile uçun töğridan töğri raqobatçiga aylantiradi.
Hozirgaça SpaceX boşqaça biznes modelidan foydalanib kelgan. Kompaniya mobil aloqa operatorlariga, jumladan T-Mobileʼga, Starlink sun’iy yöldoşlari tarmoğidan foydalaniş imkonini berib, qişloq hududlari va aloqa yetib bormaydigan joylarda mobil qamrovni kengaytirişga yordam berib kelmoqda.
Bunday hamkorlik şartlarining moliyaviy jihatlari oçiqlanmagan. Biroq tahlilçilar fikriça, Starlink sun’iy yöldoş aloqasini öz içiga olgan mobil tariflardan tuşadigan daromadning ma’lum qismini oladi.
Mutaxassislar ta’kidlaşiça, Starlink Mobileʼning işga tuşirilişi SpaceX uçun Starlink loyihasi boşlanganidan beri amalga oşiriladigan eng yirik tijoriy taşabbuslardan biri bölişi mumkin.
Bugungi kunda kompaniyaning Starlink sun’iy yöldoş tarmoği dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida yuqori tezlikdagi internet xizmatini taqdim etmoqda. U Yer atrofidagi eng yirik sun’iy yöldoşlar guruhi orqali faoliyat yuritadi.
SpaceX öz mobil aloqa xizmatini işga tuşirişi kompaniyaga sun’iy yöldoş interneti bozoriga nisbatan ança katta hajmga ega mobil aloqa segmentiga kiriş imkonini beradi. Şu bilan birga, u Starlink bilan yakuniy mijozlar örtasida vositaçi bölib kelayotgan mobil operatorlarga qaramlikni ham kamaytirişi mumkin.
Starlink endi mobil operatorga aylanişi mumkin
13:16 / 02.07.20265 2932 min
Ilon Maskka tegişli SpaceX kompaniyasi AQŞda xususiy foydalanuvçilar uçun Starlink Mobile mobil aloqa xizmatini işga tuşiriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Agar loyiha amalga oşsa, u mamlakatdagi milliardlab dollarlik mobil aloqa bozoridagi eng yirik tijoriy loyihalardan biriga aylanişi mumkin.













