Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyada IShIDning ikki yetakchisi o‘ldirilganini ma’lum qildi
Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, IShIDning Suriyadagi yetakchisi o‘rinbosari Abu Hashum al-Umaviy va unga aloqador terrorchi guruh a’zosi o‘ldirilgan.
6 oktyabr, payshanba kuni AQShning Suriya shimolidagi havo hujumi natijasida IShID terrorchilik guruhining ikki yuqori martabali a’zosi yo‘q qilindi, deb xabar berdi AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM). Uning ma’lumotiga ko‘ra, gap Suriyadagi IShID yetakchisining o‘rinbosari Abu Hashum al-Umaviy va u bilan aloqador bo‘lgan IShID yuqori martabali a’zosi haqida ketmoqda.
CENTCOM xabar berishicha, operatsiya davomida amerikalik harbiylardan hech kim jabrlanmagan. AQSh harbiy texnikasining yo‘q qilinishi yoki shikastlanishi ham qayd etilmagan. «Ushbu hujum IShIDning mintaqani beqarorlashtirish hamda bizning kuchlar va hamkorlarimizga hujum qilish qobiliyatini zaiflashtiradi», — deya Qurolli kuchlar markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Maykl Kuril so‘zlaridan iqtibos keltirgan AFP.
Avvalroq Pentagon chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi IShIDning yana bir yuqori martabali amaldori - Rakkan Vohid ash-Shamriy vertolyot reydida o‘ldirilgani haqida xabar bergan edi.
Qo‘shma Shtatlar IShIDning terrorchilik guruhiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro koalitsiyaga boshchilik qilmoqda. Iyul oyida AQSh Mudofaa vazirligi Suriyadagi IShID yetakchisi Maher al-Agal o‘ldirilgani haqida xabar bergan edi. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, u mamlakat shimolida uchuvchisiz uchar qurilma hujumi oqibatida halok bo‘lgan.
Joriy yilning boshida IShID yetakchisi Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurashiy AQShning Suriyadagi tungi amaliyoti chog‘ida o‘ldirilgan edi. Xabar qilinishicha, u o‘zini portlatib yuborgan, shuningdek, oilasining bir qancha a’zolari, jumladan, «ayollar va bolalar»ni ham o‘ldirgan.
Terrorchi guruh 2019 yil mart oyida Suriyada nazorati ostidagi so‘nggi hudud ustidan nazoratni yo‘qotganidan beri IShIDning qolgan jangarilari aksariyati maxfiy faoliyatga o‘tishgan. Ular yashirin boshpanalardan kurd jangarilari va Suriya hukumati askarlariga hujum qilishda davom etmoqda, shuningdek, qo‘shni Iroqda ham hujumlar uyushtirmoqda.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026