O‘zbekiston | 09:10 / 07.10.2022
9478
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga borayotgani ma’lum qilindi

9 oyda o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqqani aytildi.

Foto: Kun.uz

2022 yilning 1 oktabr holatiga 3,9 mln nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p safar qilgan davlatlar orasida Qirg‘iziston yetakchilik qilyapti – 1,8 mln.

Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 774,1 ming nafar va 535,1 ming nafar nafar o‘zbekistonlik safar qilgan Qozog‘iston hamda Tojikiston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Turkiya – 239,1 ming nafar;
  • Rossiya – 195,7 ming nafar;
  • BAA – 85,0 ming nafar;
  • Saudiya Arabistoni – 51,2 ming nafar;
  • Misr – 29,6 ming nafar;
  • Janubiy Koreya – 16,8 ming nafar;
  • AQSh – 12,6 ming nafar;
  • Hindiston – 7,7 ming nafar;
  • Gruziya – 7,5 ming nafar.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid