Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat nogironligi bo‘lgan shaxslar ijtimoiy himoyasini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi
Yangi qonun qabul qilinsa, 2023 yil 1 yanvardan (1994–2022 yillarda ish stajiga ega bo‘lgan) 75 ming nafar I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalariga o‘rtacha 300 ming so‘m qo‘shiladi.
Oliy Majlis Senatining o‘ttiz uchinchi yalpi majlisida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun muhokama qilindi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyingi ish vaqti yoshga doir yoki boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanayotganida stajga qo‘shib hisoblanadi. Bunda, nogironlik pensiyasi olayotgan fuqaro pensiya yoshiga yetganda yoki boquvchisini yo‘qotganda nogironlik pensiyasini olishni davom ettirsa, (boshqa pensiya turiga o‘tmasa) I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyingi ish vaqti qayta hisoblanmaydi.
Yangi qonunga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiya tayinlanganidan keyingi kamida 1 yillik ish staji va ish haqi miqdoridan kelib chiqib har 2 yilda bir marotaba tayinlangan pensiya qayta hisoblanadi hamda pensiya miqdoriga qo‘shib boriladi.
Qonun qabul qilinsa, 2023 yilda (1994–2022 yillarda ish stajiga ega bo‘lgan) 75 ming nafar I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalariga o‘rtacha 300 ming so‘m qo‘shiladi. Kelgusida mehnat faoliyatini olib borganlarning (bugungi kunda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning 43 ming nafari rasman band) pensiyasi har 2 yilda bir marotaba ish staji va oylik ish haqidan kelib chiqib, qayta hisoblab boriladi.
Shuningdek, pensiya olish huquqi belgilangan o‘gay farzandini 18 yoshgacha kamida 5 yil tarbiyalagan ota-onalarning bolani tarbiyalagan davrini aniqlash tartibi, O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari bo‘lgan shaxslarning pensiyalariga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizgacha miqdorida ustamalar to‘lash tartibi belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.
Qonun Senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026