2023 yil 1 noyabr kuni Özbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi boşqaruvi a’zolarining yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Fond boşqaruvi rahbari Isaxon Abdullayev boşçiligidagi yiğilişda taşkiliy masala körilgan.
«Fondning xayriya aksiyalarini ommalaştiriş maqsadida, mehr-muruvvat işlarini uyuştiriş, nogiron bolalarga yordam qölini çöziş va sinovli kunlarda köngli yarim insonlar qalbiga yöl topişda «Yurak amri» nomli xayriya işlari bilan tanilgan Sardor Rahimxon (Sanjar Rahimov) Fond rahbari örinbosari – «Vaqf» xayriya işlari böyiça direktor lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi», deyiladi diniy idora xabarida.
Eslatib ötamiz, Sardor Rahimxon pandemiyaning dastlabki davrlarida Özbekistonda qisqa muddatli xayriyalar uçun taşkil qilib yurgan. Keyinçalik, 2021 yil 12 iyulda «Yurak amri» xayriya jamoat fondi loyihasi rasman fond sifatida taşkil qilinib, faoliyatini davom ettirgan.
2022 yil may oyida «Yurak amri» xayriya jamoat fondining faoliyati vaqtinça töxtatilgandi. Fond asosçisi va yetakçisi Sardor Rahimxon buni loyiha masştabi kengayib ketgani bois ehtimoliy xatolarning oldini oliş, deya izohladi. «Yanada kuçga töliş, xatolarimizni isloh qiliş va rasmiy faoliyatga tayyorgarlik köriş maqsadida mana şunday qarorga keldik, azizlar», degan edi u.
2023 yil oktyabr oyida Ziyovuddin domla Mirsodiqov öz arizasi bilan «Vaqf» fondi rahbari lavozimidan ozod etilgan, uning örniga Isaxon Abdullayev tayinlangandi.

















