Saudiya Arabistoni podşohligi tomonidan Özbekistonga xurmo mahsulotlarining navbatdagi partiyasi sovğa sifatida taqdim etildi. Bu haqda podşohlikning Toşkent şahridagi elçixonasi Kun.uz’ga xabar berdi.

«6 iyun kuni Saudiya Arabistoni podşohligining Özbekiston Respublikasidagi elçisi Yusuf al–Utaybiy podşoh Salmon nomidagi yordam va insonparvarlik işlari markazi vakillari bilan hamkorlikda Ikki muqaddas masjid xodimi Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning sovğasini – 25 tonna xurmoni Özbekiston Respublikasi hukumatiga, Özbekiston musulmonlar idorasiga, «Vaqf» xayriya jamoat fondiga va din işlari böyiça qömitaga taqdim etdi», deyiladi xabarda.