Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyadagi prezidentlik saylovlarida Van der Bellen g‘alaba qozondi
Ovoz berishning dastlabki natijalariga ko‘ra, Avstriyaning amaldagi prezidenti o‘z lavozimini saqlab qoladi. Aleksandr van der Bellen o‘ng qanot populist Valter Rozenkransdan uch barobar ko‘p ovoz olgan.
9 oktyabr, yakshanba kuni Avstriyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Avstriyaning amaldagi prezidenti Aleksandr Van der Bellen katta farq bilan g‘alaba qozondi. Avstriya Federal ichki ishlar vazirligiga tayanib, dpa axborot agentligi tomonidan berilgan dastlabki ovoz berish natijalariga ko‘ra, ikkinchi muddatga saylangan Van der Bellen 54,6 foiz ovoz to‘pladi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yakuniy natijalarni e’lon qilish uchun yana 800 mingga yaqin pochta orqali yuborilgan saylov byulletenlari qayta ishlanishi kerak, biroq vaziyat o‘zgarishi dargumon. Dastlabki natijalar Sora sotsiologik institutining ORF ommaviy-huquqiy mediakompaniyasi buyurtmasi bilan o‘tkazilgan ekzitpol natijalariga to‘g‘ri keladi - unga ko‘ra, Van der Bellen saylovlarda 55,5 foiz ovoz olishi kerak edi.
Birinchi turda g‘alaba qozonish uchun Avstriya prezidentligiga nomzod 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plashi kerak edi. Shunday qilib, Van der Bellen ikkinchi olti yillik muddatga qayta saylanadi.
Saylovda mustaqil nomzod sifatida qatnashgan Van der Bellendan tashqari Avstriya davlati rahbari lavozimiga yana olti nafar siyosatchi da’vogarlik qildi. Saylovdan oldingi so‘rovlarda avstriyalik saylovchilar asosan Van der Bellenni ma’qullagan. Simpatiya bo‘yicha ikkinchi o‘rinda o‘ng qanot populistik Avstriya Ozodlik partiyasi vakili Valter Rozenkrans joy oldi. U yakunda 19,1 foiz saylovchilarning qo‘llab-quvvatlashiga erishdi. Boshqa barcha nomzodlar 10 foizlik to‘siqni yengib o‘ta olmadi.
Hozircha Avstriyaning ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ygan barcha prezidentlari saylovlarda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan.
Avstriyada 9 million fuqarodan 6,4 millioni ovoz berish huquqiga ega. Respublika prezidenti saylovi bo‘yicha ovoz berishning rasmiy natijasi 10 oktyabr kuni e’lon qilinadi. Van der Bellen 2017 yilning yanvaridan buyon bu lavozimda ishlab kelmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
19:52 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
22:50 / 01.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya va BMT rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
20:19 / 01.06.2026