Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya yangi qiroliga qachon toj kiydirilishi ma’lum bo‘ldi
Bukingem saroyi Buyuk Britaniyaning yangi qiroli Charlz Uchinchiga toj kiydirish marosimi qachon o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Foto: AFP / Getty Images
Tantanali tadbir 2023 yilning 6 may kuni Vestminster abbatligida bo‘lib o‘tadi. Charlz III bilan birga uning rafiqasi Kamilla qirolicha-konsort sifatida toj kiyadi.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 8 sentabr kuni 96 yoshida vafot etganidan so‘ng, uning o‘g‘li, 73 yoshli shahzoda Charlz yangi qirol deb e’lon qilingan edi.
An’anaga ko‘ra, yangi qirolga toj kiydirish marosimi zudlik bilan o‘tkazilmaydi. Chunki tadbir juda puxta tayyorgarlikni talab qiladi. Qirolicha Yelizaveta II 1952 yil fevralda monarx bo‘lgan, lekin faqat 1953 yil iyun oyida toj kiygan edi.
So‘nggi 900 yil davomida toj kiydirish marosimi Vestminster abbatligida o‘tkazilmoqda. U yerda toj kiygan birinchi monarx Uilyam Fotih edi, Charlz esa qirqinchi bo‘ladi.
Tadbir diniy marosim shaklida o‘tkaziladi. Uning yakunida Kenterberi arxiyepiskopi Charlzning boshiga 1661 yilda sof oltindan yasalgan Avliyo Edvard tojini kiydiradi. U Londonning Tauer qal’asida saqlanadi. Monarx tojni faqat mana shu marosimda kiyadi, chunki u 2,23 kg og‘irlikka ega.
Charlzning rafiqasi Kamilla qirolicha-konsort bo‘ladi (ing. consort - «sherik, hamroh») - bu Bukingem saroyining Yelizaveta II vafotidan keyin berilgan bayonotida alohida ta’kidlangan. Vorislik tamoyiliga ko‘ra, Kamilla kelajakda taxtga da’vogarlik qila olmaydi, shu tufayli, Charlzning hamrohi, qirolicha-konsort hisoblanadi.
73 yoshli Charlz Britaniya tarixida taxtga o‘tirgan eng keksa inson bo‘ldi. Bungacha eng keksa qirol Uilyam IV bo‘lgan. 1830 yilda taxtga o‘tirganida u 64 yoshda edi va 71 yoshda vafot etdi.
Mavzuga oid
09:14 / 09.05.2026
Trampning ittifoqchisi Britaniyadagi saylovlarda tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi
08:39 / 04.05.2026
Dunyoda birinchi davlat to‘liq avtonom dronlar galasini sinovdan o‘tkazdi
23:32 / 01.05.2026
Qirol va qirolmas uchrashuvi. Charlz III Oq uyda oriycha master-klass ko‘rsatdi
20:53 / 01.05.2026