O‘zbekiston | 10:42 / 12.10.2022
7261
4 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli klinikasi tashkil etiladi

Foto: Kun.uz

“Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligining Farg‘ona shahrida joylashgan 2-son shahar shifoxonasi negizida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli klinikasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.

Farg‘ona shahrida joylashgan 2-son shahar shifoxonasi negizida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli klinikasi tashkil etiladi. Institut klinikasini rekonstruksiya qilish ishlarini 2023-yilda yakunlash bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlanadi.

Quyidagilar institut klinikasining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

  • aholiga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish;
  • aholiga sog‘lom turmush tarzi va kasalliklar profilaktikasi, ular oldini olish bo‘yicha maslahatlar berish;
  • prezident yoki hukumat qarorlari asosida aniqlanadigan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga bepul asosda tibbiy yordam ko‘rsatish;
  • bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash, tibbiyot asbob-uskunalari va inventar bilan jihozlash (qo‘shimcha jihozlash) orqali institut klinikasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
  • institut klinikani malakali kadrlar bilan ta’minlash, shifokorlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini xorijiy yetakchi tibbiyot ta’lim muassasalarida oshirish;
  • kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qo‘yish va davolash zamonaviy metodikalari hamda texnologiyalarini joriy etish, ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borish;
  • institut klinikasi xodimlari institut kafedralari bilan hamkorlikda o‘z ixtisosligi bo‘yicha respublika miqyosida maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok etish;
  • xorijiy yetakchi tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, to‘plangan tajriba, axborotlar, mutaxassislar keng almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
  • hududiy tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-uslubiy yordam berish, ular amaliyotiga tibbiy yordam zamonaviy usullari va texnologiyalarini joriy etish, mintaqalarda zarur profilaktik ishlar o‘tkazishda ko‘maklashish, sayyor konsultatsiyalar, mahorat darslarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;
  • institut professor-o‘qituvchilari, talabalari, magistrlari va klinik ordinatorlari bilan hamkorlikda sayyor qabullar, tibbiy ko‘riklar va maslahatlar tashkil qilish;
  • klinika bo‘limlarida professor-o‘qituvchilar, talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlar amaliyot o‘tashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish;
  • institut professor-o‘qituvchilari, talabalari, magistrlari va klinik ordinatorlari bilan birgalikda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini, tibbiy madaniyatni targ‘ib qilish.

Moliya vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi institut klinikasini saqlash xarajatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda 2022 yil yakuniga qadar mahalliy budjet, 2023 yil 1 yanvardan boshlab respublika budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid