11:42 / 12.10.2022
4324

Rossiya yalpi ichki mahsuloti 2024 yilgacha 5,7 foizga qisqarishi mumkin

Rossiya tomonidan boshlangan urush va unga qarshi joriy etilgan sanksiyalarga qaramay, Rossiya yalpi ichki mahsuloti kutilganidan kamroq qisqarishi mumkin, deya ma’lum qildi Xalqaro valuta jamg‘armasi.

Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) ekspertlari fikricha, Ukrainaga qarshi davom etayotgan urush va Rossiyaga nisbatan qo‘llanilgan qattiq sanksiyalarga qaramay, 2022 va 2023 yillarda Rossiya iqtisodiyotidagi pasayish avvalroq kutilganidan kamroq bo‘ladi

Jamg‘arma saytida 11 oktyabr, seshanba kuni e’lon qilingan prognozda 2022 yilda Rossiyada yalpi ichki mahsulot (YaIM) 3,4 foizga, 2023 yilda esa yana 2,3 foizga qisqarishi qayd etilgan. Iyul oyida XVJ ushbu yillardagi ko‘rsatkichlar mos ravishda 6,0 va 3,5 foizga yomonlashishini taxmin qilgandi.

Mutaxassislar fikricha, joriy yilning ikkinchi choragida uzoq davom etgan urush va sanksiyalar natijasida Rossiya iqtisodiyotida sezilarli pasayish kuzatilishi mumkin edi, biroq neft eksporti va ichki bozordan tushgan daromadlar buning oldini olishga imkon berdi. Bundan tashqari, XVJ Rossiyada bandlik holatini barqaror deb hisoblaydi.

Jahon banki kuzgi hisobotida xuddi shunday hisob-kitoblarni e’lon qilib, Rossiya yalpi ichki mahsulotining 2022 yilda 4,5 foizga, 2023 yilda esa 3,6 foizga pasayishini kutmoqda.

Mavzuga oid
Top