13:27 / 14.10.2022
13663

Zalujniy: «Rus armiyasining yengilmasligi haqidagi afsonani yo‘qqa chiqardik»

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni, general Valeriy Zalujniy mamlakat fuqarolarini Himoyachilar kuni bilan tabrikladi. 

Valeriy Zalujniy

«2022 yil qishi - allaqachon jahon tarixining bir qismiga aylandi», — deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida tabrik videosini joylashtirgan holda. 

«Dushmanning kuchli zarbasiga dosh berdik. Biz ukrainalik bo‘lish, ozodligimiz uchun kurashish uchun jasoratga ega bo‘lish nimani anglatishini ko‘rsatdik. Shiddatli janglarda, rus snaryadlarining po‘lat yomg‘iri ostida yurtimizning har bir bo‘lagini mahkam ushlab turdik. Biz dushman bosqinini to‘xtatdik va rus armiyasining yengilmasligi haqidagi afsonani yo‘qqa chiqardik. Mana endi o‘zimiznikini qaytaryapmiz.Bizni hech kim va hech narsa to‘xtata olmaydi», deya ta’kidlab o‘tdi Zalujniy.

24 fevral tongida Zalujniyning maqsadi ikkita edi. Birinchidan, Kiyevni ushlab qolish. Ikkinchidan, Rossiya armiyasini mamlakat ichkarisiga jalb etish va uning ta’minot liniyasidagi zaif nuqtalardan foydalanish. 

Urushning oltinchi kuniga kelib u o‘z strategiyasi ish berayotgani, rossiyalik komandirlar esa «o‘z askarlarini shunchaki qirg‘inbarotga yo‘llayotgani»ni tushunib yetadi. Keyin Rossiya Kiyev va Chernihiv oblastlaridan chekinadi, yarim yil o‘tib esa — Xarkiv oblasti ozod etiladi. 

Zalujniy avvalboshdan uzoq davom etuvchi urushga tayyorlangan. «Bizning g‘alabamiz nafas rostlash va keyingi janglarga tayyorlanish imkonini beradi», — degan u.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top