Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols Yevropa Ittifoqini kengaytirishga chaqirdi
Germaniya kansleri Olaf Shols Yevropa Ittifoqini isloh qilish va kengaytirishga chaqirdi.
Germaniya kansleri Olaf Shols Yevropa sotsial-demokratlar yig‘ilishida Yevropa Ittifoqi (YeI) kengayishi kerakligini ta’kidladi.
«500 milliondan ortiq erkin va teng huquqli fuqarolarga ega 27 ta, 30 ta, 36 ta davlatdan iborat Yevropa Ittifoqi dunyoga yanada ko‘proq ta’sir o‘tkazishi mumkin», - dedi u.
Siyosatchi o‘zini hamjamiyatning kengayishi tarafdori deb atadi. Uning fikriga ko‘ra, Yevropa Ittifoqini Sharqqa tomon kengaytirish a’zo davlatlar uchun foydalidir.
Shols Germaniya kansleri bo‘lganidan so‘ng, Yevropa Ittifoqini kengaytirish, uning tarkibiga Bolqon davlatlarini va boshqa mamlakatlarni qo‘shishni tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishi sifatida belgilagan edi.
Yevropa Ittifoqi 1992 yilda tashkil qilingan bo‘lib hozirgi vaqtda unga 27 ta davlat a’zo. 2020 yilda Buyuk Britaniya hamjamiyatdan chiqib ketdi. 2022 yilda Ukraina va Moldova Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga nomzod maqomini oldi.
Mavzuga oid
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
09:45 / 18.06.2026
Yevropa Ittifoqi noqonuniy migrantlarga qarshi choralarni kuchaytirmoqda
21:45 / 17.06.2026