Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiya va Xitoyga 4 mlrd dollarlik mahsulotlar sotdi
O‘zbekiston eksportidagi top-10 davlatlar ma’lum qilindi.
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan davrda O‘zbekiston eksportida eng yuqori ko‘rsatkich Rossiya bilan qayd etilgan – 2,1 mlrd dollar.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 2 mlrd dollar hamda 1,1 mlrd dollar mahsulotlar eksport qilingan Xitoy va Turkiya joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Qozog‘iston – 1 mlrd dollar;
- Qirg‘iziston – 683,4 mln dollar;
- Afg‘oniston – 514,4 mln dollar;
- Tojikiston – 352,6 mln dollar;
- Kanada – 160,5 mln dollar;
- Turkmaniston – 154,1 mln dollar;
- Eron – 113,8 mln AQSh dollari.
Mavzuga oid
13:41 / 21.03.2026
Meva-sabzavot eksportchilari uchun fitosanitariya nazorati yengillashadi
15:51 / 12.03.2026
O‘zbekiston eksportida poytaxt ulushi eng yuqori bo‘ldi
15:21 / 09.03.2026
O‘zbekiston mahsulotlarini eng ko‘p xarid qilayotgan davlatlar aytildi
15:28 / 02.03.2026