Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 28 ming dollarlik dorilarning noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, unda fuqaro A.A. dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, fuqaro I.ga tegishli hujjatlari bo‘lmagan 3 turdagi 9 304 quti “Azedsin 250”, 7 068 quti “Azedsin 500”, 6 000 dona “Tevartem” nomli xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarini jami 17 330 dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, “G.Sh.” MChJ rahbari A.S. fuqaro S.ga tuman markazidagi avtomobillar yuvish shoxobchasi oldida yaroqlilik muddati o‘tgan 408 dona Remdesivir DESREM hamda 326 dona Remdesivir Jubi-R nomli, jami 734 dona dori vositalarini 11 000 dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:49 / 07.02.2026
Toshkent viloyatida noqonuniy ravishda tuproq va qum-shag‘al qazigan shaxslarga chora ko‘rildi
16:31 / 03.02.2026
Toshkent viloyatida ayrim yo‘l uchastkalarida tezlik 80 km/soatgacha tushiriladi
08:29 / 02.02.2026
Chegara orqali noqonuniy dori olib kirishga uringan shaxs qo‘lga tushdi
18:54 / 01.02.2026