O‘zbekiston | 11:14 / 17.10.2022
1705
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropada O‘zbekistonning sarguzasht turizmi salohiyatini targ‘ib qilish boshlanadi

O‘zbekistonning Bryusseldagi elchixonasi tomonidan Sarguzasht sayohatlari savdo assotsiatsiyasining (Adventure Travel Trade Association - ATTA) Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Gergana Nikolova bilan videokonferensiya shaklidagi muloqot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Kun.uz

Suhbat davomida O‘zbekistonning sarguzasht turizmi sohasidagi salohiyatini ilgari surish borasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Gergana Nikolovaning aytishicha, ATTA 1990 yilda tuzilgan bo‘lib, hozirgi kunda sarguzasht turizmi sohasi yetakchi tashkilotlaridan hisoblanadi. Assotsiatsiya 100 dan ziyod mamlakatdan 1 ming 300 dan ziyod a’zolarni birlashtiradi. Ular orasida davlat tuzilmalari bilan bir qatorda turoperatorlar, mehmonxonalar, mustaqil jurnalistlar, asbob-uskuna ishlab chiqaruvchilar, transport va maslahat xizmatlari bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar va boshqa qator sohalar vakillari bor. A’zolik tarmog‘i o‘z atrofida 30 ming nafar professionalni birlashtirgan.

ATTA o‘z faoliyatida atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan turizmni (sustainable tourism) ilgari surishga jiddiy e’tibor qaratadi.

Bu yo‘nalishdagi faoliyatning ahamiyatli jihati shundaki, turistlar xarajatlari 65 foizgacha bo‘lgan miqdori sayohat joyida qolib, qishloq joylarda yangi ish joylarini yaratish va aholi farovonligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Suhbat yakunida O‘zbekiston bilan ATTA o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid