Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonga jo‘natilayotgan mahsulotlar 90 foizi «Termiz xalqaro savdo markazi» orqali o‘tkaziladi
Toshkentda «Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasi imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Toshkent shahridagi «Kongress xoll»da «Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasi hududida yaratilgan imkoniyatlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
«Termiz xalqaro savdo markazi»da tadbirkorlikni rivojlantirish, markaz hududida qo‘shni afg‘onistonlik va xorijiy tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyat va preferensiyalar, eksport-import aylanmasini oshirish kabi masalalar kun tartibidagi asosiy o‘rinni egalladi.
«Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasi hududida yaratilgan imkoniyatlar, investitsiyaviy muhit, zamonaviy infratuzilma yechimlari tanishtirildi. Xorijiy mehmonlar markaz bo‘ylab 10 kun davomida vizasiz sayohat qilishi, do‘konlar xarid qilishi, chakana va ulgurji savdoni amalga oshirishi, savdo joylarini 4-5 oyga bepul ijaraga olishi imkoniyati yaratilishi ta’kidlandi.
2021 yilda O‘zbekiston-Afg‘oniston tovar ayirboshlash hajmi 647,0 million dollarni, 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida esa 520,6 million dollarni tashkil qilgan. Markaz to‘liq quvvat bilan ishga tushirilishi O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini yiliga 1,2 milliard dollargacha oshiradi. Afg‘oniston bozoriga jo‘natilayotgan barcha mahsulotlar 90 foizigacha markaz orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi. Markaz hududida 300 o‘rinli tibbiyot punkti mavjud 4 yulduzli imtiyozli mehmonxona qurilmoqda.
Taqdimot dasturi doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘zaro aloqalarni almashish va hamkorlik ustuvor yo‘nalishlari hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan V2V uchrashuvlari ham tashkil etildi.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
14:04 / 11.06.2026