Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Ukrainaga dronga qarshi yuzlab tizimlarni yetkazib beradi
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Ukrainaga uchuvchisiz uchish apparatlariga qarshi kurash uchun yuzlab jihozlar yetkazib berilishini ma’lum qildi.
Mulozim bu tizimlarning turiga aniqlik kiritmadi, biroq tez orada yetkazib berilishini aytdi.
«NATO yaqin kunlarda Ukrainaga dronlarga qarshi, jumladan Eron dronlariga qarshi jangovar stansiyalar, faol to‘sqinlik qiluvchi yuzlab stansiyalarni yetkazib beradi», dedi Stoltenberg Berlinda o‘tkazilgan tashqi siyosat forumida.
Uning fikriga ko‘ra, «Kiyevga va’da qilingan havo mudofaasi tizimlarini nafaqat yetkazib berish, balki ularning hajmini ham oshirish kerak».
17 oktabr kuni Ukraina shaharlariga qilingan hujumlar chog‘ida radar tizimlari, artilleriya va boshqa harbiy nishonlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan dronlardan foydalanildi. The Washington Post nashri avvalroq Eron Rossiyaga Shahed rusumli dronlar partiyasini yuborganini yozdi. Rossiya va Eron bunday qurollarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlar tuzilganini tan olmayapti. Kreml Ukrainaga zarbalar Rossiya qurollari bilan berilganini aytdi.