Katta almashuv. Ukraina 108 nafar ayolni Rossiya asirligidan qaytardi
17 oktyabr kuni Ukraina va Rossiya o‘rtasida yangi keng ko‘lamli asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi, natijada 108 nafar ayol Ukrainaga qaytdi.
Ozod etilgan ayollar orasida Rossiyaning fevral oyi oxiridagi bosqinidan oldinroq «xalq respublikalari» deb ataluvchi hududlarda asirlikka tushgan ayollar ham bor.
Ozod etilganlarning eng kattasi 62 yoshda, eng kichigi - 21 yosh.
«Bugun navbatdagi keng ko‘lamli asirlar almashinuvi o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldik. Juda hissiyotli va chindan o‘zgacha: biz asirlikdan 108 ayolni qutqradik», - deya xabar bergan Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak.
«Bu birinchi to‘liq ayollar almashinuvi edi», deb qo‘shimcha qiladi Yermak.
U almashuv tafsilotlarini ham ochiqlagan: 37 nafar ayol «Azovstal»dan evakuatsiya qilinganlar, 11 ofitser, 85 - nafar oddiy askar va serjantlar. Unga ko‘ra, vatanga qaytgan qizlardan 35 nafari Ukraina qurolli kuchlarida, 32 nafari Harbiy-dengiz flotida, 12 nafari hududiy mudofaa kuchlarida, sakkiz nafari Ukraina Milliy gvardiyasida, besh nafari davlat maxsus transport xizmatida, to‘rt nafari davlat chegara xizmatida ishlagan va 12 nafari esa tinch aholi vakillaridir.
«2019 yildan beri soxta respublikalarda odamlar yetim bolalar uchun insonparvarlik yordamini tashishda ifodalangan «o‘ta ukrainaparastlik», «josuslik» va «terrorizm» uchun qamalgan», deya xabar qildi Yermak.
Uning aytishicha, bu asabiy almashuv bo‘ldi. «Jarayonga ta’sir qilishi va hatto uning kechishini o‘zgatirib yuborishi mumkin bo‘lgan ko‘plab jihatlar va paytlar bo‘ldi», deya tan oladi u.
Ukraina hukumati barcha ayollar zarur tibbiy yordamlar olishi, ularga jismonan va ruhan tiklanishda yordam ko‘rsatilishiga ishontirgan.
Avvalroq Donetskdagi ayirmachilar rahbari Denis Pushilin «110 ga 110» shaklida almashuv kutilayotganini aytgandi. Ukraina tomonidan berilgan mahbuslar orasida 30 kishi Rossiya Federatsiyasi, «DXR» va «LXR»dagi qurolli tuzilmalar harbiylari bo‘lgan, 72 kishi esa fuqarolik dengizchilari.
Rossiya mudofaa vazirligi vakili esa Ukrainaga jami 110 ayol qaytishi ko‘zda tutilgani, ammo ikki ayol almashishdan oldin «Rossiya Federatsiyasida qolishni hohlagan holda Ukrainaga qaytishdan ixtiyoriy ravishda bosh tortgani»ni ma’lum qilgan.
13 oktyabr kuni Ukrainaga 20 harbiy qaytarilgan, ular orasida rossiyaliklar Donetsk oblasti hududidagi Olenivka koloniyasida ushlab turganlar ham bor edi.
11 oktyabr kuni almashuv doirasida 32 ukrainalik qaytarilgandi.
Sentyabr oyida keng ko‘lamli asirlar almashinuvi orqali Rossiya 215 nafar ukrain harbiy xizmatchilarini qaytargandi, ular orasida ko‘plab ofitserlar va Mariupoldagi «Azovstal» himoyasida ishtirok etganlar bor edi.
Mavzuga oid
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
17:55 / 23.11.2024
WSJ: Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
13:12 / 23.11.2024