Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xizmatchisi va uning oila a’zolari daromadi haqidagi ma’lumotni deklaratsiyalash elektron tizimi ishga tushiriladi
O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan davlat organlari faoliyati shaffofligi va samaradorligini oshirish strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, 2024 yilda davlat xizmatchilari va ular oila a’zolari daromadlari, xarajatlari, mulki va mulkiy majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida deklaratsiyalashning elektron tizimini ishga tushirish, aholining ushbu ma’lumotlardan uzluksiz foydalanishini ta’minlash mo‘ljallangan.
Shuningdek, 2024 yilda davlat xizmatchilari barcha toifalari, huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari, davlat ishtiroki kamida 50 foiz bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar rahbarlari, sudyalar, deputatlar va senatorlar, ular oila a’zolari mol-mulkini deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilmoqda.
Daromadlar deklaratsiyasi bilan bog‘liq yolg‘on ma’lumot berish yoki ma’lumot bermaslik tartib-taomilini buzganlik uchun javobgarlikni joriy etish ham ko‘zda tutilyapti.
Mavzuga oid
12:19 / 09.06.2026
Sud xodimlarining daromad va mol-mulki deklaratsiya qilinadi
17:12 / 04.05.2026
«BAAning mustaqillik deklaratsiyasi» – Amirliklar OPEC'dan chiqishiga faqat urush sabab emas
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
12:47 / 25.04.2026