Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Xitoy «Ipak yo‘li» turizm brendini birgalikda ilgari suradi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlarining MDH bilan hamkorlik bo‘yicha Guandun ittifoqi rahbari Go Fenchji bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Oktabr oyi oxirida Xitoy yirik import qiluvchi assotsiatsiyalari, ishbilarmon doiralari va import qilishdan manfaatdor korxonalar vakillari uchun O‘zbekistonning Xitoy bozoriga eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari taqdimotini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Guanchjou shahrida O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari, eksportchilari va hunarmandlarining mahsulotlari shou-rumini ochish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar, O‘zbekiston va Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va mamlakatda yaratilgan sarmoyaviy imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish maqsadida kelgusi yil boshida xitoylik ishbilarmonlarning O‘zbekistonga safarini tashkil etishga bo‘yicha kelishib oldi.
Turizm industriyasini rivojlantirish sohasida o‘zaro hamkorlik yo‘llari ham muhokama qilindi. Sayyohlik sohasidagi hamkorlikni faollashtirish, «Ipak yo‘li» turizm brendini birgalikda rivojlantirish va ilgari surish taklif etildi. O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati, Samarqandda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Mavzuga oid
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026