Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YouTube Rossiya Federatsiyalar kengashining kanallarini blokladi
YouTube'dagi Federatsiyalar kengashining ikkita kanali sanksiyalarni amalga oshirish doirasida qayta tiklanish huquqisiz bloklandi, deb xabar berdi Rossiya parlamenti yuqori palatasi.
YouTube servisi Rossiya Federatsiyalar kengashi va «Vmeste RF» parlament telekanali kanallarini blokladi. «Federatsiyalar kengashi va «Vmeste-RF» telekanalining YouTube videoxostingidagi akkauntlari bloklandi, barcha ma’lumotlar qayta tiklash imkoniyatisiz o‘chirib tashlandi», — deyiladi 18 oktyabr, seshanba kuni Federatsiyalar kengashining Telegram-kanalida. Videoxostingga egalik qiluvchi Google kanal ma’murlariga akkauntlar «eksport cheklovlari va sanksiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq qoidalarga muvofiq» bloklanganini tushuntirdi, deb yozadi Federatsiyalar kengashi Amerika kompaniyasining so‘zlariga asoslanib.
Parlamentning yuqori palatasi sakkiz yildan ortiq faoliyat yuritib kelayotgan bloklangan kanallarda 200 mingdan ortiq obunachi va 20 ming video borligini qayd etdi. Akkauntlarda Federatsiyalar kengashi yig‘ilishlarining jonli translatsiyalari, senatorlarning sharhlari va Rossiya tarixiga oid dasturlar e’lon qilingan. «Federatsiyalar kengashi va «Vmeste-RF» voqealarning bunday rivojlanishini nazarda tutgan holda, do‘stona bo‘lmagan mamlakatlarning harakatlaridan qat’i nazar, barcha videokontent foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lishini ta’minlash maqsadida mahalliy platformalarni faol ishlab chiqdi», deya ma’lum qildi Federatsiyalar kengashi.
Avvalroq Federatsiyalar kengashining axborot siyosati va OAV bilan o‘zaro hamkorlik komissiyasi rahbari Aleksey Pushkov Roskomnadzor va Bosh prokuraturaga YouTube'ni Rossiyada bloklashni taklif qilmoqchi ekanligini ma’lum qilgandi.
O‘z navbatida, Federatsiyalar kengashining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Andrey Klimov bu masalaga muvozanatli yondashishga chaqirdi. «Afsuski, so‘nggi o‘n yilliklarda juda ko‘p odamlar va tashkilotlar o‘zlarining biznes faolligini ushbu platforma bilan bog‘lashdi. Bularning barchasini juda ehtiyotkorlik bilan o‘lchashimiz kerak. Biz o‘z oyoq va qo‘llarimizga o‘q otmasligimiz kerak», - deydi Klimov.
18 oktyabr kuni Rossiya Davlat dumasi real vaqt rejimida yalpi majlislarning onlayn translatsiyasini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilgani ma’lum bo‘ldi. Dumadagi manbaning TASS'ga ma’lum qilishicha, bunday qaror «yig‘ilishlar kun tartibining muhim qismi Ukrainada jang qilayotgan askar va ofitserlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muhokama qilish» va «urushni qonunchilik yo‘li orqali ta’minlashga bog‘liq masalalar» bilan izohlanadi.
Federatsiyalar kengashining konstitutsiyaviy qonunchilik va davlat qurilishi qo‘mitasi rahbari Andrey Klishas parlament yuqori palatasi majlislarining onlayn translatsiyasi davom etishini aytdi. «Federatsiyalar kengashi va qo‘mitalari yig‘ilishlari translatsiya qilinishi avvalgidek davom etadi. Parlament fuqarolar va ommaviy axborot vositalari uchun ochiq bo‘lishi kerak», deb yozadi u.
Mavzuga oid
00:15 / 14.06.2026
YouTube'da ilk bor 500 mln obunachiga ega bloger paydo bo‘ldi
19:25 / 20.05.2026
Feyk xabarlarga chek qo‘yish: YouTube jiddiy yangilanishni tayyorlamoqda
18:08 / 12.03.2026
YouTube siyosatchilar va jurnalistlarni dipfeyklardan himoya qilishni boshlaydi
22:58 / 10.02.2026