Yunusobodda «Malibu-2» yuk mashinasining orqa qismiga kelib urildi
Yunusobod tumanida “Malibu-2” avtomashinasi va “Isuzu” yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2022 yil 13 oktabr kuni soat 23:50 larda Toshkent shahar Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasida bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan ikkita transport vositasi - “Isuzu” yuk avtomashinasi va “Malibu-2” avtomashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi “Malibu-2” avtomashinasi Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasi bo‘ylab Sebzor - Ahmad Donish ko‘chalari kesishgan chorraha tomon harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.
U tezligi yuqoriligi sababli, oldinda shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan, 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasining orqa chap qismiga kelib urilgan.
Urilish natijasida “Malibu-2” avtomashinasi yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib to‘xtagan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yuq.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/nD8yWWrSk0RxabB24pWZe92_wb4HPGou_medium.jpg)
13:02 / 23.07.2024
Yunusobod tumanida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/7-3xFl0wNw70x3uM0f5JLI1pYvRDtTcz_medium.jpg)
21:47 / 03.07.2024
Yunusobodda suv quvuridagi avariya oqibatlari bartaraf etilmoqda
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/z8jIfNEfcmYoXBgSwZWtJ0hweQt0f35K_medium.jpg)
14:04 / 03.07.2024
Suv ta’minoti korxonasi Yunusoboddagi toshqinga svet o‘chgani sabab bo‘lganini bildirdi. Energetika vazirligi buni rad etdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/434d4wUZ9mCcew-5E66rLSrGY1x0gXcn_medium.jpg)
10:41 / 03.07.2024