Toşkent şahar hokimligi xabariga köra, asosiy maqsad  tadbirkorlar hamda bozor taşrif buyuruvçilari uçun qulaylik, tartib va xavfsizlikni oşirişdan iborat.

Avval uşbu hududda 180 ta avtomobil uçun töxtaş joylari mavjud edi. Işlar olib borilayotgan davrda Ahmad Doniş köçasi böylab, jumladan yöl ötkazgiç ostida, 350 ga yaqin töxtaş joyi taşkil etildi. Bu taşrif buyuruvçilar uçun bozorga kiriş imkoniyatini saqlab qoladi.

Ilgari avtoturargohda avtomobillardan tartibsiz savdo amalga oşirilgan bölib, bu tartib va ötiş yöllariga salbiy ta’sir körsatgan. Endilikda bu holat tartibga solinmoqda — avtomobillardan savdo qilgan şaxslar 50 metr içkariga, maxsus taşkil etilgan hududga köçirilmoqda. Bu yerda ular  savdo qilişi uçun yanada qulay va xavfsiz şaroitlar yaratilgan.

Barça tadbirlar bozor hududida sanitariya holatini yaxşilaş, xavfsizlikni oşiriş, qulaylikni ta’minlaş va tartib örnatişga qaratilgan, deyiladi ma’lumotda.