Nizom Toşkent va Farğona viloyatlarida kriminogen vaziyati oğir mahallalar uçun içki işlar organlari profilaktika sohasida köp yillik amaliy tajriba va samarali natijalarga ega pensionerlarni şartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qiliş tartibini belgilaydi.

Pensionerlar şartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga ixtiyoriy tartibda, içki işlar organlari tomonidan tanlov asosida jalb qilinadi. Tanlovda iştirok etadigan pensionerlarning soni çeklanmaydi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qiliş böyiça tanlovni ötkaziş vaqtida pensionerlarga jinsi, yoşi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib çiqişi, qarindoşlarida sudlanganlikning mavjudligi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, yaşaş joyi, dinga bölgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlaşmalariga mansubligi, şuningdek ularning işçanlik sifatlari va mehnati natijalari bilan boğliq bölmagan boşqa jihatlariga qarab mehnat va maşğulotlar sohasida biror-bir töğridan töğri yoki bilvosita çeklovlar belgilaş, xuddi şuningdek imtiyozlar beriş kamsitiş deb hisoblanadi va bunga yöl qöyilmaydi.

Içki işlar organlari şartnoma asosida munosib pensionerlarni huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qiliş uçun tanlov taşkil etadi va ötkazadi. Tanlovning öz vaqtida va sifatli taşkil etilişi va ötkazilişini ta’minlaş uçun Toşkent viloyati içki işlar boş boşqarmasi yoki Farğona viloyati içki işlar boşqarmasi rahbarining buyruği bilan doimiy faoliyat yuritadigan tanlov komissiyasi taşkil etiladi.

Pensionerlarni huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qiliş çoğida tanlov Toşkent viloyati içki işlar boş boşqarmasi yoki Farğona viloyati içki işlar boşqarmasi rahbari tomonidan tasdiqlangan kriminogen vaziyati oğir mahallalarning röyxatidan kelib çiqqan holda yilda kamida bir marta ötkazilişi mumkin. Bunda:

  • kriminogen vaziyati oğir mahallalar röyxatini şakllantiriş hududiy profilaktika bölinmalari rahbarlarining asoslantirilgan ma’lumotlarga köra Huquqbuzarliklar profilaktikasi boşqarmalari tomonidan amalga oşirilişi va tasdiqlaş uçun Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatiga kiritilişi nazarda tutiladi;
  • har yil boşida tasdiqlangan kriminogen vaziyati oğir mahallalarning röyxatidan kelib çiqqan holda huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilinişi lozim bölgan pensionerlar soniga aniqlik kiritiladi;
  • pensionerlarni şartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qiliş uçun tuziladigan şartnomalarning amal qiliş muddati keyingi yil boşida kriminogen vaziyati oğir mahallalarning röyxati tasdiqlanguniga qadar amal qiladi.