Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ish boshladi
Sanoat yarmarkasida 1500 dan ziyod korxona o‘zining 3800 ga yaqin mahsuloti bilan qatnashmoqda.
2022 yilning 20 oktabr kuni Navoiy shahridagi “Gidro stanko servis” MChJ pavilonida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z faoliyatini boshladi. Unda respublikaning turli viloyatlaridagi yirik sanoat korxonalari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Bektemir Pirnafasovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, sanoat yarmarkasida Navoiy viloyati, shuningdek, boshqa viloyatlardan tashrif buyurgan 1500 dan ziyod korxona o‘zlarining 3800 ga yaqin mahsulotlari bilan qatnashmoqda.

Bugungi kunda Navoiy viloyatida 4 000 ga yaqin sanoat korxonasi va 250 dan ziyod xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona faoliyat ko‘rsatadi. Ular tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2020 yilda 65,1 trln so‘mni, 2021 yilda esa 73,6 trln so‘mni tashkil etgan. Viloyatda mahalliylashtirish dasturi doirasida 2020 yilda 336,1 mlrd so‘mlik, 2021 yilda esa 757,6 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Yarmarka davomida sanoat mahsulotlari ko‘rgazmalari, elektron kooperatsiya birjasi portali faoliyati, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish, kichik biznes sub’yektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb qilish, investitsion imkoniyatlar, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda tarmoq va hududlarda sanoat salohiyatini oshirishga qaratilgan taqdimotlar, V2V uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, sanoat tarmoqlari, kichik biznes sub’yektlari mahalliy mahsulotlarni xarid qilish hamda butlovchi qismlar, materiallar va xomashyolarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Sanoat yarmarkasi 21 oktabr kuni ham davom etadi.
Mavzuga oid
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
15:40 / 06.05.2026