Sirdaryo IESda quyosh fotoelektr stansiyasini qurish boshlandi
Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi korxonasida quvvati 1200-1500 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha dastlabki ishlar boshlandi.
![](https://storage.kun.uz/source/9/pKLTpU0ZxdsZ3wpPKBsaJrF6ymYp5J-K.jpg)
Foto: Dunyo
Mazkur stansiya ishga tushirilgach, yiliga 3 million kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi hamda 900 ming kubometr tabiiy gaz tejaladi.
Ikki gektar maydonni egallaydigan hamda quvvati 1200-1500 kVt bo‘lgan mazkur quyosh stansiyasini tayyor holda qurib, ishga tushirish maqsadida «O‘zbekenergota’mir» bilan shartnoma tuzilgan. Unga ko‘ra, qurilish uchun ajratilgan yer maydonini tayyorlash, qurilish-montaj va sozlash ishlarini bajarish ko‘zda tutilgan.
Hozirgi kunda bir guruh mutaxassislar tomonidan yer maydonini o‘rganish hamda obektni loyihalash ishlari boshlab yuborildi.
Joriy yil oktabr oyi boshida «O‘zbekenergota’mir» tomonidan quyosh panellari, metall konstruksiyalar o‘rnatish uchun olib kelindi.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/45qLys-cNYHZgyG37xEV1rHPdlJ8RGks_medium.jpg)
19:18 / 24.07.2024
O‘zbekiston Qozog‘istonga 4 milliard kub metrga yaqin suv yetkazib berdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/ZW6sRR_zyHEhbk7FxjJxgoTaoYEXnpVL_medium.jpg)
18:43 / 22.07.2024
QR-kodli chek so‘ragan bolaga tarsaki tushirgan sotuvchi qamaldi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/xbld_wWHFr6CV1nXqf8vjsjcckrcwDYt_medium.jpg)
10:34 / 21.07.2024
Sirdaryoda do‘kon sotuvchisi QR-kodli chek so‘ragan bolaga tarsaki tushirdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/VDfBiK0N6cYjRdK9_LIhRiu_pPHj8HA3_medium.jpg)
18:17 / 11.07.2024