Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX samolyotlar uchun sun’iy yo‘ldosh internetini taqdim etdi
Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi samolyot yo‘lovchilari uchun yuqori tezlikdagi Starlink Aviation sun’iy yo‘ldosh internet xizmatini ishga tushirganini ma’lum qildi.
Foto: Reuters
Loyiha veb-saytida aytilishicha, avialaynerlardagi ulanish tezligi sekundiga 350 megabitga yetadi, bu esa barcha yo‘lovchilarga bir vaqtning o‘zida internetdan bemalol foydalanish imkonini beradi.
«Atigi 20 millisekundlik kechikish bilan yo‘lovchilar ilgari parvoz paytida imkonsiz bo‘lgan harakatlarni, jumladan videoqo‘ng‘iroqlar, onlayn o‘yinlar, virtual xususiy tarmoqlar va yuqori tezlikda ma’lumot uzatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa harakatlarni amalga oshirishi mumkin», — deyiladi bayonotda.
Kompaniya 2023 yildan boshlab, ba’zi samolyotlarda butun parvoz davomida yuqori tezlikdagi internetni taklif etishni rejalashtirmoqda.
Aviakompaniyalar dasturga ulanish uchun samolyot bortida 150 ming dollarlik maxsus jihozni o‘rnatishi kerak bo‘ladi. Abonent to‘lovi oyiga 12,5 ming dollardan 25 ming dollargacha. Uskunalar to‘plamiga SpaceX veb-sayti orqali 5 ming dollarga oldindan buyurtma berish mumkin. Ularni yetkazib berish 2023 yilda boshlanadi.
Mavzuga oid
09:38 / 19.01.2026
2025 yilda o‘ta boy odamlarning boyligi yangi rekordga yetdi
20:18 / 26.12.2025
IT sohasidagi top-10 milliarderning boyligi sun’iy intellekt tufayli keskin oshdi
07:36 / 26.12.2025
2026 yil prognozi: dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniyalar
23:59 / 20.12.2025