Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
25 oktabr kuni Quyosh tutiladi. Uni O‘zbekistonda ham kuzatish mumkin bo‘ladi
25 oktabr kuni noyob astronomik hodisa – Quyoshning qisman tutilishi yuz beradi. Uni Yevropa, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va G‘arbiy Sibirdan kuzatish mumkin bo‘ladi. Kuzatuv hududiga qarab Oy Quyoshning 60-80 foiz yuzasini to‘sadi.
Quyosh tutilishi Islandiyada boshlanib, Arabiston dengizi hududida tugaydi. Qisman tutilishning eng katta fazasi (0,863) Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugida kuzatiladi. Unga yaqin bo‘lgan eng katta shahar — Nijnevartovsk.
Qisman tutilish 89 ta mamlakatda kuzatiladi, shu jumladan, O‘zbekistonda ham.
Toshkent shahrida Quyosh tutilishi soat 15:23 da boshlanib, maksimal faza 16:34 da kuzatiladi. Maksimal faza o‘lchami 0,75 ga teng bo‘ladi.
Mutaxassislarga Quyoshning qisman tutilishini kuzatish qiziq emas. Ularni Quyoshning to‘liq tutilishi ko‘proq qiziqtiradi. Chunki unda Quyosh tojini kuzatish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Quyosh tutilishini kuzatish uchun maxsus himoya vositalaridan — qora ko‘zoynak, qoraytirilgan shisha va shunga o‘xshash narsalardan foydalanish lozim. Quyoshga himoya vositalarisiz qarash ko‘z salomatligi uchun xavfli hisoblanadi.
Foto yoki videotasvirga olish uchun maxsus filtrlardan foydalanish darkor.
Quyosh tutilishini tomosha qilish uchun teleskop yoki durbin kabi optik asboblardan foydalanish maslahat berilmaydi, chunki bunda ko‘zga jiddiy zarar yetishi mumkin.
Mavzuga oid
21:17 / 07.06.2026
Xitoy dunyodagi eng yirik astronomiya markazini qurishni rejalashtirmoqda
19:25 / 11.03.2026
Quyosh faolligi 2022 yildan beri eng past darajaga tushdi
21:53 / 05.09.2025
O‘zbekistonliklar 7 sentabrda Oy tutilishini tomosha qilishi mumkin
18:13 / 05.07.2025