Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mansabdorlar tadbirkorlar faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkaziladi
“Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Tadbirkorlik sub’yektlari qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi. Bunda quyidagilar: tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish shakllari; kitobga kiritiladigan tekshiruvlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ularni kiritish tartibi; kitobni to‘ldirish tartibiga rioya qilishni monitoring qilish va uning hisobini yuritish belgilandi.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub’yekti faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilanib, attestatsiyadan o‘tgan xodimga tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma beriladi.
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining qonunni buzish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilishni nazarda tutuvchi “xavfni tahlil etish” tizimini ishlab chiqishga doir minimal talablar belgilandi.
Mavzuga oid
08:58 / 25.05.2026
O‘zbekistonda arxiv xizmatlari ustidan nazorat kuchaytiriladi
18:00 / 06.05.2026
Qurilish obektlari videokamera orqali onlayn nazorat qilinadi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
08:21 / 23.01.2026