Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuala-Lumpur va Samarqand o‘rtasida sayyohlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi
17-21 oktabr kunlari Kuala-Lumpur shahar meri o‘rinbosari Xayrul Ahmad bin Mohd Juri boshchiligidagi Malayziya delegatsiyasi Samarqand kunini nishonlash doirasida O‘zbekistonda bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Malayziya delegatsiyasi Samarqand shahri hokimi Fazliddin Umarov bilan uchrashdi. Samarqand kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanalarda ishtirok etgani barobarida yangi tashkil etilgan «Buyuk Ipak yo‘li» xalqaro sayyohlik markazida bo‘ldi.
Malayziya tomoni Kuala-Lumpur va Samarqand o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni, meva-sabzavot, to‘qimachilik, hunarmandchilik va boshqa mahsulotlarni, sayyohlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha Samarqand va Kuala-Lumpur shaharlari ma’muriyatlari o‘rtasida yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilish uchun ishchi aloqalarni izchil davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026