Fan-texnika | 17:48 / 24.10.2022
70328
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda 300 ming dollarlik uchar avtomobil ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda

Kaliforniyaning Alef Aeronautics startapi o‘zining yangi prototipi - elektr dvigatellarga ega hamda oddiy yo‘llarda ham yura oladigan Model A uchar avtomobilini taqdim etdi.

Foto: Model A / ©Alef Aeronautics

Qayd etib o‘tish joizki, Kremniy vodiysida joylashgan, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi va ilmiy fantastika ixlosmandi Jim Duxovni tomonidan asos solingan Alef Aeronautics startapi o‘zining ilk uchar avtomobilini ommaga taqdim etdi.

Model A — uglerod tolalaridan tiklangan kuzovga ega bo‘lib, tik uchib qo‘na oladi. Bunday avtomobil maxsus maydonlardan emas, istalgan joydan parvoz qila olishi mumkin.

Avto to‘rsimon korpusga ega va u yuk ko‘taruvchi konctruksiya vazifasini ham bajaradi. Uning ichida 8 ta parrakka ega 4 ta dvigatel o‘rnatilgan, shuningdek, oddiy g‘ildiragi ham bor. Haydovchi va yo‘lovchi kapsulasimon kabinada o‘tirishadi. Mashina korpusi gorizontal parvoz chog‘ida qanot vazifasini ham bajaradi.

Foto: Model A / ©Alef Aeronautics
Foto: Model A / ©Alef Aeronautics

Avtomobilning uchish masofasi 100 milya (160 km) ni tashkil etadi, yerda yurish masofasi esa ikki barobar ko‘proq. Qo‘lda yig‘iladigan avtomobilning narxi 300 ming dollar bo‘ladi.

Ayni paytda tajribaviy ishlab chiqarish boshlangan, ilk seriyali modellar 2025 yilning IV choragida bozorga chiqariladi. 2030 yilga borib Alef Aeronautics Model Z uchar sedanini sotuvga chiqarmoqchi. Uning uchish masofasi 200 milya (321 km) bo‘ladi, yerda esa 400 milya (643 km) yo‘l bosa oladi. Bu sedanning taxminiy narxi 35 ming dollar bo‘lishi kutilmoqda.

Qayt etib o‘tish kerakki, Alef Aeronautics uchar avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yagona kompaniya emas. Yaqinda Xitoyning Xpeng avtogiganti shu’ba korxonasi Dubayda ilk uchar avtomobilini osmonga uchirgan edi.

 XPeng X2. Foto: XPeng

Mavzuga oid