Gomelda joylaşgan idiş-tovoq işlab çiqaruvçi «Zavod Santeks» Rossiya armiyasi uçun harbiy uçuvçisiz uçiş apparatlari butlovçi qismlarini yirik hajmda yetkazib beriş bilan şuğullanmoqda. Bu haqda payşanba kuni, 4 dekabrda, «Kiberpartizandar» nomli anonim xaktivistlar hamjamiyati bilan hamkorlikda suriştiruv ötkazgan Belarus suriştiruv markazi xabar berdi.

Ötkazilgan suriştiruv natijasida aniqlanişiça, korxona Xitoy dronlarini, şuningdek hujjatlarda xususiyati oçib berilmagan tovarlarni Rossiyaning «Rustakt» kompaniyasiga yetkazib bergan. «Zavod Santeks» bu kompaniyadan 14 milliard rubldan ortiq (hisob-kitobga köra — 152 million AQŞ dollaridan köp) mablağ olgan. Ukraina GUR ma’lumotlariga köra, «Rustakt» Rossiya uçun FPV-dronlarning muhim işlab çiqaruvçilaridan biri bölib, ular Ukrainadagi uruşda faol qöllanmoqda.

Belarus suriştiruv markazi ta’kidlaşiça, uşbu kompaniyaning 95 foiz uluşiga Minskda tuğilgan, 2000-yillarda Rossiyaga köçib ötgan Pavel Nikitin egalik qiladi. U, şuningdek, taxminan 20 ga yaqin kompaniyaning egasi yoki mulkdori hisoblanadi, ularning ayrimlari Rossiya Mudofaa vazirligi, Rossiya IIV va «Rosgvardiya» uçun işlaydi. Suriştiruvçilar ma’lumotiga köra, aynan şu Nikitin Belarusdagi «Zavod Santeks»ning ham egalari qatorida qayd etilgan, 2018 yili esa zavodning yana bir mulkdori Pavel Nikitinning egizagi — Yegor bölgan.

Belarus suriştiruv markazi yozişiça, 2022–2023 yillarda Gomeldagi uşbu fabrika sanksiyalarni çetlab ötişga kömaklaşgan holda Xitoyning DJI kompaniyasi işlab çiqargan 309 dona dronni Rossiyaga 2 million dollarlik summaga sotgan. Belarus suriştiruvçilari hisob-kitobiga köra, 2022 yildan 2025 yilgaça Belarusning 14 kompaniyasi Rossiyaga 34 million dollarlik 20 mingdan ortiq dron sotgan.

Belarus suriştiruv markazi ma’lumotiga köra, «Zavod Santeks» orqali Nikitin Moskvaga nisbatan sanksiyalar joriy etilgandan keyin ham Çexiya, Italiya, Polşa va AQŞdan kelgan ğarb butlovçi qismlarini Rossiyaga yetkazib kelgan.

«Rustakt» 2024 yil dekabridan beri Yevropa Ittifoqi va Şveytsariya sanksiyalari ostida. Kompaniya işlab çiqarayotgan VT-40 dronlari (şuningdek «Sudoplatov» nomi bilan ham tanilgan) «Rubikon» maxfiy Rossiya uçiş apparatlar texnologiyalari markazining asosini taşkil qiladi. Şu markazga Rossiya qöşinlarining Kursk viloyatidagi qarşi hujumdagi, şuningdek Kursk viloyati va Pokrovsk uçun bölgan janglardagi «muvaffaqiyatlari» aloqadorligi aytilmoqda.