Belarusning Ukraina bilan çegaradoş Gomel şahri yaqinida joylaşgan Zyabrovka harbiy havo bazasida sönggi ikki oy içida harbiy yuk maşinalari köpaydi, lager hududi ham kengaydi. Amerikaning Planet Labs kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan sun’iy yöldoş tasvirlari şundan dalolat beradi.

Birinçi fotosurat 24 avgustda, ikkinçisi 16 oktyabrda olingan. Sönggi suratda S-300 va S-400 zenit-raketa komplekslari, şuningdek, yonilği yuklangan poyezd körinadi. Aerodromning şimoliy qismida esa qum tösiqlari paydo bölgani ham aniq körinib turibdi.

Qayd etilişiça, boşqa harbiy qismlarda ham xuddi şunday qum tösiqlar yoniga radar stansiyalari örnatilmoqda, ular nişonlarni aniqlaş va raketalarni boşqarişda qöllanadi.

Gomel oblastida yaşovçi, ismi oşkor qilinişini istamagan fuqaroning aytişiça, Rossiya qöşinlari aerodromga oktyabr oyi boşida kelgan. «Rossiya harbiy texnikasi va askarlari Zyabrovkaga bir yarim hafta oldin keldi. Bahordan beri u yerda ruslar istiqomat qiladi, ammo soni çeklangan edi. Zyabrovkaga kiriş avvalgidek yopiq. Rossiya harbiylari u yerda joylaşgan, ammo hozir texnika va odamlar köpaygan», dedi u.

Belarusdagi harbiy texnika harakatini kuzatib boruvçi «Belaruskі Gayun» kanali oktyabr oyi boşidan beri odamlar Zyabrovka yaqinida Rossiya va Belarus qurolli kuçlarining yuk maşinalarini körgani haqida kamida yetti marta xabar berdi.

«Belaruskі Gayun» ma’lumotlariga köra, «Zyabrovka» aerodromi hududida Rossiya armiyasi qismlari joylaştirilgan. Avgust oyi örtasida u yerda kamida 10 ta S-400 zenit-raketa kompleksi, S-300 va S-400 havo mudofaa tizimi uçun 15 dan 60 tagaça raketa, «Pansir» havo mudofaasining ikkita birligi, şuningdek radarlarni yoritiş va yönaltiriş tizimlari borligi aniqlangan. Bundan taşqari, aerodrom yaqinida, uçiş-qöniş yölagi ortidagi örmonda tanklar va piyoda askarlarning jangovar maşinalari joylaşgan.

17 oktyabr kuni Belarus Mudofaa vazirligi Rossiya va Belarus qöşinlarining mintaqaviy guruhi «Ittifoqdoş davlatni qurolli himoya qiliş»ni boşlaganini e’lon qildi.