Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
26-27 oktyabr kunlari Samarqandda O‘zbekiston-Rossiya 3-ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi
Ertaga, 26 oktyabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston-Rossiya 3-ta’lim forumi start oladi.
2018 yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur forum ikki davlat ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini har tomonlama kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqishda muhim platforma hisoblanadi.
26–27 oktyabr kunlari o‘tkaziladigan forumda O‘zbekiston va Rossiya tomonidan 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, vazirlik va idoralar mas’ullari ishtirok etadi.
Forumda mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari bilan Rossiya ishlab chiqarish sektorlari o‘rtasida integratsiyani yo‘lga qo‘yish, muhandislik, energetika, kimyo sanoati sohalarida kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Forum yakunida 100 ga yaqin hamkorlik shartnomasi imzolanishi kutilmoqda. Bitimlar asosan Rossiyada rivojlangan texnologik ishlab chiqarish sohalarining tajribasini O‘zbekiston oliygohlariga tatbiq etishga qaratilgan.
Xalqaro anjuman doirasida Toshkent davlat transport universiteti Rossiyaning bir qator universitetlari bilan hamkorlikda «Energetika», «Avtomobil transporti» oliy muhandislik maktablarini tashkil etish, ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha kelishuvlarga erishish ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:37 / 13.06.2026
16−18 iyun kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kiritilmaydi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
22:23 / 14.05.2026
Osiyo xotin-qizlar II forumida Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi
19:30 / 14.05.2026